Jurnal haqida qisqacha ma’lumot. “Development of Science” ilmiy jurnali 2024-yildan boshlab o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida ilmiy maqolalarni qabul qiladi va nashr etadi.

Jurnal “Alisher Diyor Education” MChJ tomonidan ta’sis etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining № 256445-sonli guvohnomasi asosida faoliyat yuritadi.

Jurnalning ISSN raqami: 3030-3907.

Jurnalning asosiy maqsadi kimyo, neft-gaz va neft-kimyo, energetika, materialshunoslik, korroziya, ishlab chiqarish va mexanika, elektrotexnika va avtomatlashtirish, sun’iy intellekt hamda atrof-muhit va barqaror rivojlanish yo‘nalishlaridagi dolzarb ilmiy tadqiqot natijalarini ilmiy jamoatchilikka taqdim etishdan iborat.

Jurnalning ilmiy yo‘nalishlari
  1. Kimyo fanlari va kimyoviy texnologiya;
  2. Neft-gaz, neft-kimyo va energetika muhandisligi;
  3. Materialshunoslik, korroziya va sanoat kimyosi;
  4. Mexanika, ishlab chiqarish, to‘qimachilik va oziq-ovqat muhandisligi;
  5. Elektrotexnika, elektronika, avtomatlashtirish va sun’iy intellekt;
  6. Atrof-muhit va barqaror rivojlanish muhandisligi.

Ilmiy maqolalarni qabul qilish va nashr ettirish. Maqolalar tahririyatga elektron shaklda taqdim etiladi. Qo‘lyozmalar jurnalning Aims & Scope yo‘nalishlariga mos bo‘lishi, ilmiy yangilikka ega bo‘lishi va belgilangan rasmiylashtirish talablariga javob berishi lozim.

Maqolalar IMRAD tamoyillari asosida o‘zbek, rus, qoraqalpoq yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Xalqaro indeksatsiya va bibliografik bazalarda to‘g‘ri aks etishi uchun maqolaning ingliz tilidagi sarlavhasi, annotatsiyasi va kalit so‘zlari ham taqdim etiladi.

Tahririyatga kelib tushgan materiallar dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi. Jurnalning mavzu doirasiga va rasmiy talablariga mos maqolalar ilmiy taqriz jarayoniga yuboriladi. Nashrga qabul qilish to‘g‘risidagi yakuniy qaror tahririyat tomonidan qabul qilinadi.

Nashr davriyligi. “Development of Science” jurnali oyda bir marta nashr etiladi. Nashr etilgan sonlar va maqolalar jurnalning rasmiy saytida ochiq ko‘rinishda taqdim etiladi.

Jurnal tahririyati ilmiy nashrlarning sifati, bibliografik ma’lumotlarning aniqligi, mualliflik mas’uliyati va nashr etika tamoyillariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratadi.

Development of Science ilmiy jurnalining ilmiy yo'nalishlarini ifodalovchi ilustrativ rasm