1. Manfaatlar to‘qnashuvi nima?
Moliyaviy, professional, institutsional, shaxsiy, akademik yoki boshqa manfaat ilmiy baho yoki qarorga ta’sir ko‘rsatishi yoxud shunday taassurot uyg‘otishi mumkin bo‘lsa, u disclosure talab qiladigan manfaatlar to‘qnashuvi sifatida ko‘rib chiqiladi.
2. Mualliflar
Mualliflar tegishli moliyalashtirish, ish beruvchi bilan bog‘liq manfaat, patent yoki tijoriy manfaat, konsultatsiya, yaqin professional/shaxsiy aloqa yoki tadqiqot talqiniga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarni oshkor qilishi kerak.
Manfaatlar to‘qnashuvi: Mualliflar ushbu ishga tegishli raqobatdosh manfaatlar mavjud emasligini ma’lum qiladilar.
3. Taqrizchilar
Taqrizchi muallif bilan yaqin professional yoki shaxsiy aloqaga ega bo‘lsa, natijadan moliyaviy manfaatdor bo‘lsa, bevosita raqobat holatida bo‘lsa yoki xolislikka ta’sir qiladigan boshqa vaziyat mavjud bo‘lsa, tahririyatni xabardor qilishi va zarur bo‘lsa taqrizdan voz kechishi kerak.
4. Muharrirlar
Muharrir manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lgan maqolaning taqrizchi tanlovi yoki yakuniy qarorida ishtirok etmaydi. Bunday maqola manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lmagan boshqa vakolatli muharrir nazoratiga beriladi.
5. Tahrir hay’ati a’zolari muallif bo‘lsa
Tahrir hay’ati a’zosi muallif bo‘lgan maqola boshqa mualliflarning maqolalari bilan bir xil ilmiy va etik talablarga bo‘ysunadi. Muallif-muharrir o‘z maqolasining tahririy jarayonidan chetlashtiriladi.
6. APC va moliyaviy mustaqillik
7. Nashrdan keyin aniqlangan manfaat
Muhim manfaatlar to‘qnashuvi nashrdan keyin aniqlansa, tahririyat holatni ko‘rib chiqadi va zarur bo‘lsa correction, Expression of Concern yoki boshqa tegishli chora qo‘llaydi.