For Authors

Mualliflar uchun qo‘llanma

Maqola strukturasi, metadata, format, etik deklaratsiyalar va nashr jarayoni.

Oxirgi yangilanish: 9-avgust 2026 ISSN 3030-3907

1. Qabul qilinadigan maqolalar

Jurnal Aims & Scope doirasiga mos original ilmiy maqolalar, eksperimental, nazariy va hisoblash tadqiqotlari, modellashtirish, texnologik optimallashtirish, sharh maqolalari hamda tegishli fanlararo muhandislik va texnologik tadqiqotlarni ko‘rib chiqadi.

Qo‘lyozma ilgari boshqa nashrda chop etilmagan va bir vaqtning o‘zida boshqa jurnalga ko‘rib chiqish uchun yuborilmagan bo‘lishi kerak.

2. Maqola tili va inglizcha metadata

Maqolalar o‘zbek, rus, qoraqalpoq yoki ingliz tillarida topshirilishi mumkin. Har bir yangi maqola uchun ingliz tilidagi title, abstract va keywords majburiy. Asosiy maqola tili inglizcha bo‘lmasa, original tildagi sarlavha va annotatsiya ham saqlanadi.

3. Muallif metadata’si

Har bir muallif uchun to‘liq F.I.O., tashkilot, shahar va davlat ko‘rsatiladi. Country metadata to‘ldirilishi, kamida bitta Corresponding Author belgilanib, uning amaldagi e-mail manzili berilishi kerak. ORCID tavsiya etiladi va mavjud bo‘lsa to‘liq identifikator shaklida kiritiladi.

4. Abstract va Keywords

Abstract tavsiya etilgan hajmi 150–250 so‘z. U tadqiqot maqsadi, metodologiya, asosiy natijalar va ilmiy yoki amaliy ahamiyatni qisqa bayon qilishi kerak. Odatda 5–8 ta keywords tavsiya etiladi.

5. Original maqolaning tavsiya etilgan strukturasi

  1. Introduction — dolzarblik, adabiyot holati, research gap va maqsad;
  2. Materials and Methods — materiallar, uskunalar, metodlar, hisoblash/statistik usullar va zarur bo‘lsa AI/ML metodlari;
  3. Results and Discussion — natijalar, talqin va ilmiy qiyos;
  4. Conclusion — asosiy natijalar, cheklovlar va amaliy/ilmiy ahamiyat.

Sharh yoki metodologik maqolalarda strukturani mavzuga moslashtirish mumkin, biroq metod va manba tanlash tamoyili tushunarli bo‘lishi kerak.

6. Maqola oxiridagi deklaratsiyalar

  • Author Contributions — ayniqsa ko‘p muallifli maqolalarda;
  • Funding — mavjud bo‘lsa grant yoki moliyalashtiruvchi tashkilot;
  • Conflict of Interest — barcha maqolalarda deklaratsiya;
  • Data Availability Statement — original data ishlatilgan tadqiqotlarda;
  • Ethics/Consent statement — tadqiqot turi talab qilganda;
  • Declaration of Generative AI — generativ AI mazmunli darajada ishlatilgan bo‘lsa.

7. Rasmlar, jadvallar va ilmiy tasvirlar

Rasm va jadvallar sifatli, raqamlangan, matnda tilga olingan va tushunarli caption’ga ega bo‘lishi kerak. Uchinchi tomon materiallari uchun zarur ruxsatlarni olish muallif zimmasida. Eksperimental tasvir yoki ma’lumotni natijani chalg‘itadigan tarzda manipulyatsiya qilish taqiqlanadi.

8. Formulalar va birliklar

Formulalar imkon qadar tahrirlanadigan shaklda beriladi va zarur bo‘lsa (1), (2), (3) tarzida raqamlanadi. SI birliklaridan foydalanish tavsiya etiladi.

9. Adabiyotlar

Jurnal raqamlangan citation style’dan foydalanishni tavsiya qiladi: matnda [1], [2], [3]. DOI mavjud bo‘lgan manbalarda DOI ko‘rsatilishi tavsiya etiladi. Aloqasiz iqtiboslarni sun’iy kiritish, muallif yoki jurnal iqtiboslarini majburlash va citation manipulation taqiqlanadi.

10. Texnik format

FaylMicrosoft Word (.doc/.docx)
SahifaA4
ShriftTimes New Roman, 14 pt
Qator oralig‘i1.15
Abzas1.25 cm
Original researchodatda 6–15 bet
Review articleodatda 10–25 bet

11. Ilmiy halollik

Plagiat, fabrication, falsification, duplicate publication, inappropriate authorship, citation manipulation va peer-review manipulation qabul qilinmaydi. O‘xshashlik foizi yordamchi signal bo‘lishi mumkin, biroq etik qaror faqat bitta foiz bilan avtomatik belgilanmaydi. Batafsil: Nashr etikasi va ilmiy halollik.

12. Peer Review

Dastlabki editorial screening’dan o‘tgan qo‘lyozma single-anonymous (single-blind) modelida mavzuga mos bir yoki ikki mutaxassis tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin. Taqrizchilar shaxsi mualliflarga oshkor qilinmaydi. Odatdagi taqriz muddati 7–10 kun. Batafsil: Taqriz jarayoni.

13. APC

Standart Article Processing Charge (APC) USD 1,000. Tegishli holatlarda jurnalning alohida APC va chegirma siyosati asosida 25–40% chegirma berilishi mumkin. Ayrim tasdiqlangan xalqaro dastur yoki holatlarda USD 700 miqdoridagi chegirmali APC qo‘llanishi mumkin. APC faqat maqola ilmiy jihatdan qabul qilingandan keyin so‘raladi va tahririy qarorga ta’sir qilmaydi.

14. Open Access

Yangi maqolalar, maqola sahifasida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, CC BY 4.0 asosida ochiq nashr etiladi va copyright muallif(lar)da qoladi. Batafsil: Open Access, Copyright va litsenziyalash.

15. Nashr jarayoni

SubmissionInitial ScreeningPeer ReviewRevisionEditorial DecisionAcceptanceAPCPublication

Maqola topshirish jurnal saytida ko‘rsatilgan elektron aloqa kanali orqali amalga oshiriladi. APC to‘lovi submission yoki peer review boshlanishi uchun shart emas.