1. Mualliflar uchun umumiy qoida
Generativ AI va AI-assisted vositalar matn tuzilishini yaxshilash, til ravonligi, tarjima, g‘oyalarni strukturalashtirish va boshqa yordamchi vazifalar uchun ishlatilishi mumkin. Biroq ular muallifning ilmiy tahlili, metodologik qarori, natijalarni talqin qilishi yoki original ilmiy hissasini almashtirmasligi kerak.
2. AI muallif bo‘la olmaydi
ChatGPT, Gemini, Copilot, Claude yoki boshqa AI tizimi muallif yoki hammuallif sifatida ko‘rsatilmaydi. Mualliflik javobgarligi, rozilik va ilmiy yaxlitlikni faqat inson mualliflar zimmasiga olishi mumkin.
3. Oshkor qilish
Maqola tayyorlashda generativ AI mazmunli darajada ishlatilgan bo‘lsa, maqola oxirida Declaration of Generative AI beriladi.
Ushbu ishni tayyorlash jarayonida muallif(lar) [AI vositasi]dan [maqsad] uchun foydalandi. Muallif(lar) AI yordamida yaratilgan mazmunni tekshirdi va yakuniy matn uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Faqat oddiy imlo, grammatika va punktuatsiya tekshiruvi uchun alohida deklaratsiya talab qilinmaydi.
4. AI tadqiqot metodologiyasida
AI data analysis, machine learning, modelling, coding, imaging yoki prediction uchun tadqiqot metodining bir qismi sifatida ishlatilgan bo‘lsa, Methods bo‘limida vosita/model nomi, tegishli versiya yoki konfiguratsiya, vazifasi va natijaga ta’sirini tushunish uchun zarur parametrlar yetarli darajada tavsiflanishi kerak.
5. AI yordamida yaratilgan rasm va ma’lumotlar
AI yordamida tushuntiruvchi konseptual sxemalar tayyorlanishi mumkin, agar foydalanish oshkor qilinsa va ilmiy aniqlik mualliflar tomonidan tekshirilsa. AI yordamida mavjud bo‘lmagan eksperimental natija, primary research image, o‘lchov yoki statistik ma’lumotni haqiqiy natija sifatida yaratish taqiqlanadi.
6. Manbalar va tekshirish
AI vositasi taqdim etgan bibliografik manba, fakt, formula yoki iqtibos muallif tomonidan original va ishonchli manbada tekshirilishi kerak. Uydirma yoki tekshirilmagan reference’lar uchun javobgarlik muallif zimmasida qoladi.
7. Taqrizchi va muharrirlar
Taqrizga yuborilgan qo‘lyozma maxfiy. Taqrizchilar va muharrirlar nashr qilinmagan qo‘lyozmani yoki uning katta qismini maxfiylik kafolatlanmagan ochiq generativ AI tizimiga yuklamasligi kerak. Yakuniy ilmiy va tahririy qaror inson tomonidan qabul qilinadi.
8. Siyosatning yangilanishi
Generativ AI tez rivojlanayotgani sababli jurnal ushbu siyosatni ilmiy nashriyot amaliyoti va texnologik o‘zgarishlarga muvofiq davriy ravishda yangilashi mumkin.