BIOMETRIK IDENTIFIKATSIYA TIZIMLARI VA SUN’IY INTELLEKT
Yo’ldoshev S. S. & Matyakubov U. E.
Annotatsiya
Biometrik identifikatsiya tizimlari insonning noyob jismoniy va xulq-atvorga oid xususiyatlarini tahlil qilish orqali shaxsni aniqlashni ta'minlovchi zamonaviy texnologiyadir. Bu maqolada, ayniqsa, iris (ko'z qorachig'i) asosida identifikatsiya qilishning ustun jihatlari va sun'iy intellekt texnologiyalari bilan o'zaro integratsiyasi tahlil qilinadi. Sun'iy intellekt, ayniqsa chuqur o'rganish (deep learning) va konvolyutsion neyron tarmoqlar (CNN) yordamida biometrik tizimlar ancha takomillashdi. Tadqiqotda segmentatsiya, xususiyatlarni ajratish va shaxsni aniqlash bosqichlari samarali tarzda amalga oshirilgan. Ko‘rsatilgan yondashuvlar real vaqt tizimlarida va mobil qurilmalarda muvaffaqiyatli ishlashi bilan ajralib turadi. Transformerlarga asoslangan yangi modellarning qo‘llanilishi, ayniqsa, IrisFormer arxitekturasi biometrik aniqlikda katta yutuqlarni ta’minlagan. Shu orqali xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, chegara nazorati kabi sohalarda yuqori aniqlikli shaxsni aniqlash tizimlari ishlab chiqilmoqda.
Adabiyotlar
- Daugman, J. (2004). How Iris Recognition Works. IEEE Transactions on Circuits and Systems for Video Technology.
- He, X., & Zhang, Y. (2016). Deep Learning for Iris Recognition: A Survey. IEEE Access.
- Sun, X., Wang, C., & Wang, Y. (2024). IrisFormer: A Dedicated Transformer Framework for Iris Recognition. IEEE SPL.
- Nurmatov, Z., & Ahmedov, A. (2022). Ko‘z qorachig‘ini tanib olishda OpenCV va TensorFlow texnologiyalaridan foydalanish. SamDU.
- O‘zbekiston Respublikasi. (2020). Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida Qonun.
- GDPR. (2016). General Data Protection Regulation. European Parliament.