TO‘QIMACHILIK SANOATI KORXONALARIDA OEKO-TEX 1000 STANDARTINI JORIY ETISHNING EKOLOGIK BARQARORLIK, IJTIMOIY MAS’ULIYAT VA RAQOBATBARDOSHLIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRINI BAHOLASH

Jumayeva M. B. & Mamadaliyeva D. A.


Annotatsiya

Ushbu tadqiqot ishida to‘qimachilik sanoati korxonalarida OEKO-TEX 1000 standartini joriy etishning ekologik barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat va raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlariga ko‘rsatadigan ta’siri kompleks tarzda o‘rganiladi. Muammo shundaki, O’zbekistonda joylashgan ko‘pgina to‘qimachilik sanoati korxonalari ishlab chiqarishda ekologik va ijtimoiy mezonlarni yetarlicha hisobga olmaydi, bu esa xalqaro bozordagi raqobatda ortda qolishiga olib kelmoqda. OEKO-TEX 1000 standarti esa ishlab chiqarish jarayonlarini nafaqat ekologik, balki ijtimoiy jihatdan ham barqarorlashtirishga qaratilgan zamonaviy yondashuv hisoblanadi. Tadqiqotda, ekologik taʼsirini o’rganish, ijtimoiy masʼuliyat talabini baholash, koroxnaning raqobatbardoshligini baholash va OEKO – TEX 1000 joriy qilgan korxonalarni statistik tahlil qilish uslublari qo‘llanildi. Jumladan, O‘zbekiston va xorijiy davlatlardagi OEKO-TEX 1000 sertifikatini olgan va olmagan korxonalar faoliyati o‘rganildi. Ishlab chiqarish chiqindilari hajmi, suv va energiya sarfi, xodimlar mehnat sharoiti va eksport hajmidagi o‘zgarishlar solishtirildi.


Adabiyotlar

  1. Smith J., Brown L. Sustainable Practices in the Textile Industry // Textile Journal. – 2020. – Vol. 15, No. 3. – P. 45–60.
  2. Xasanov M. To‘qimachilik sanoatida ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish // Kimyo va sanoat. – 2021. – №2. – B. 45–52.
  3. Johnson M., Williams R. Environmental Impact Reduction in Textile Production // Journal of Cleaner Production. – 2019. – Vol. 230. – P. 1057–1068.
  4. Rahimova G. OEKO-TEX standartining to‘qimachilik korxonalarida qo‘llanilishi // O‘zbekiston kimyo texnologiyalari jurnali. – 2020. – №4. – B. 35–41.
  5. Davies K., Thompson S. Labour Conditions and Social Responsibility in the Textile Sector // International Labour Review. – 2021. – Vol. 160, No. 2. – P. 205–223.
  6. Usmonov D. To‘qimachilik sanoatida resurslarni tejash texnologiyalari // Sanoat texnologiyalari va boshqaruv. – 2019. – №3. – B. 15–22.
  7. Green P., Roberts A. Sustainable Resource Management in Textile Industry // Environmental Management Journal. – 2018. – Vol. 42, No. 4. – P. 345–359.
  8. Karimova N. To‘qimachilikda chiqindilarni boshqarish tizimlari // Ekologik monitoring va boshqaruv. – 2021. – №1. – B. 27–34.
  9. Lee C., Anderson J. Implementation of OEKO-TEX Standard 1000 in Textile Enterprises // Textile Science and Technology. – 2022. – Vol. 17, No. 1. – P. 12–25.
  10. Tursunov S. To‘qimachilik korxonalarida energiya samaradorligini oshirish yo‘llari // Energetika va resurslarni boshqarish. – 2020. – №2. – B. 50–57.
  11. Martin D., Evans H. Energy and Water Optimization in Sustainable Textile Production // Journal of Industrial Ecology. – 2020. – Vol. 24, No. 6. – P. 1134–1145.
  12. Sultonova M. To‘qimachilik sanoatida ijtimoiy mas’uliyatni oshirish omillari // Ijtimoiy fanlar va siyosat. – 2022. – №5. – B. 40–47.