LECANORA ARGOPHOLIS LISHAYNIGINING AMINOKISLOTA TARKIBINI TADQIQ ETISH
Jalolov I. J., Qoraboyeva G. I. & Abdulhayev B. R.
Annotatsiya
Aminokislotalar inson salomatligi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan moddalardan biri hisoblanadi. Ular nafaqat oqsillar sintezida, balki turli metabolik jarayonlar va fiziologik funksiyalarni tartibga solishda ham faol ishtirok etadi. Shu sababli, tabiiy manbalar tarkibidagi aminokislotalarni o‘rganish zamonaviy biotibbiyot va farmatsiya sohalarida dolzarb yo‘nalishlardan biriga aylangan. Ayniqsa, o‘simliklar va lishayniklardan ajratib olingan aminokislotalar ularning sog‘liq uchun foydali xususiyatlari sababli biologik faol moddalar sifatida e’tiborni tortmoqda. Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston florasiga mansub Lecanora argopholis turining aminokislotalar tarkibi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YSSX) usuli orqali aniqlab chiqildi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, L. argopholis tarkibida alanin, leysin, glutamin kislotasi, asparagin va serin kabi biologik faol aminokislotalar mavjudligi kuzatildi. Bu birikmalar yallig‘lanishga qarshi, immun tizimini qo‘llab-quvvatlovchi va energiya ishlab chiqarishni faollashtiruvchi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shunday xususiyatlarini inobatga olgan holda, Lecanora argopholis lishaynikini sog‘liqni mustahkamlovchi tabiiy vosita sifatida qo‘llash istiqbollari mavjudligi aniqlanmoqda.
Adabiyotlar
- Seckbach, J. (2001), Symbiosis: mechanisms and model systems, Kluwer Academic Publishers, Netherland
- Dobson, F.S. (2003), A Field Key to Common Churchyard Lichens, Field Studies Council, England.
- Büdel, B. ve Scheidegger, C. (1996), “Thallus morphology and anatomy,” in Nash III, T.H., Lichen Biology, Cambridge University Press, London
- Ingold, C.T. ve Hudson, H.J. (1993), The biology of fungi, 6th Edition, NewYork: Chapman & Hall, London
- Galloway D.J. (1992), “Biodiversity: a lichenological perspective.,” Biodiv.
- Conserv.1: 312-323.
- Kirk, P.M. Cannon, P.F., David, J.C. ve Stalpers, J.A., (2001), Ainsworth & Bisby's Dictionary of the Fungi, 9th Edition, CABI Publishing.
- Blanco, O., et al. "Major clades of parmelioid lichens (Parmeliaceae, Ascomycota) and the evolution of their morphological and chemical diversity." Molecular phylogenetics and evolution 39.1 (2006): 52-69.
- Del-Prado, R., et al. "Genetic distances within and among species in monophyletic lineages of Parmeliaceae (Ascomycota) as a tool for taxon delimitation." Molecular Phylogenetics and Evolution 56.1 (2010): 125-133.
- Leavitt, S. D., M. P. Nelsen, and L. L. St Clair. "Treading in murky waters: making sense of diversity in Xanthoparmelia (Parmeliaceae, Ascomycota) in the Western United States." Bull California Lichen. Soc 19 (2012): 58-70.