O‘ZBEKISTONDA KIMYO SANOATINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI.
Husanova M. U., Karimov M. M., Muxiddinov B. F. & Jurayev I. I.
Annotatsiya
“O‘ZKIMYOSANOAT” konserni tarkibiga kiruvchi korxonalarning shakllanish bosqichlari, tashkil topishi va rivojlanish istiqbollari bashorat qilingan. Asosiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, shuningdek, kimyoviy reagentlar ishlab chiqarish turlari va miqdorini kengaytirish bo'yicha kelgusi yillarga mo'ljallangan rejalar ko'rsatilgan. “O‘ZKIMYOSANOAT” konserni tizimidagi yetakchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi tahlil qilinib, keyingi yillarda eksport imkoniyatlari ko‘rsatildi. Qayd etilishicha, 2025-yilda kimyo sanoati mahsulotlari hajmi 18,5 trln. so‘m bo‘lib, 2024 yilga nisbatan o‘sish 112,0 foizni tashkil etadi. Jami 1605,7 ming tonna mineral o‘g‘it ishlab chiqariladi. 2025-yilda investisiya dasturidan kelib chiqib, 17 ta loyiha doirasida 417,5 million dollarlik investitsiyalar, xususan, 357,1 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar oʻzlashtirilib, umumiy qiymati 280,0 million dollarlik 3 ta loyiha ishga tushiriladi. Bayer AG, Procter & Gamble, Henkel, Colgate-Palmolive, Amway kabi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Adabiyotlar
- Muxamedov D.D., Shipkova O.T. O‘zbekiston Respublikasi kimyo sanoati: sanoat rivojlanishidagi asosiy to‘siqlar. // Kimyo va kimyoviy texnologiya yutuqlari. XXXI jild. 2017. №14. –B.17-19.
- Uz-Kor Gas Chemical. / [Elektron resurs]. - Kirish rejimi: URL: http://www.uz-kor.com (kirish: 11.01.2021).
- Orazimbetova G.J., Iskandarov M.I. Qoraqalpog‘istondagi yangi konlardan olingan xomashyo asosida yuqori silika modulli klinkerlarni sintez qilish va o‘rganish. // O‘zbek Kimyo jurnali, 2018, -№1, -B.3-9.
- Usmonov B.X. O‘zbekistonning zamonaviy kimyo sanoati // Iqtisodiyot va jamiyat. 2018. №4. –B.658-660.