FE3+ BILAN MODIFIKATSIYALANGAN NIMO VA COMO KATALIZATORLARIDA OLTINGUGURTLI BIRIKMALARNI O‘RGANISH

G‘ulomov S. T., Yusupova G. X., Po‘latov G. M. & Kambarov A. D.


Annotatsiya

Mazkur maqolada Fe³⁺ ionlari bilan modifikatsiyalangan NiMo va CoMo asosidagi katalizatorlarning oltingugurtli organik birikmalar, xususan merkaptanlar va tiofenlar ishtirokidagi gidrodesulfurizatsiya jarayonidagi faolligi o‘rganildi. Mikrokatalitik va pilot qurilmalar yordamida reaksiya harorati, bosim, vodorod sarfi va merkaptan miqdorining katalitik jarayonga ta’siri o‘rganildi. Reaksiya mahsulotlari tarkibi xromatografik va fotokolorimetrik usullar bilan tahlil qilindi. 350 °C haroratda etilmerkaptanning to‘liq konversiyasi kuzatildi. Vodorod yetishmovchiligida esa olefinlar va disulfidlar hosil bo‘lishi qayd etildi. Sintez qilingan katalizatorlar sanoatdagi tabiiy gazlarni tozalash uchun istiqbolli namuna sifatida baholandi.


Adabiyotlar

  1. Nasullaev Kh.A., G‘ulomov Sh.T., Khabipov R.S., Abdiyusupov R.B. Study of processing of spent adsorbents in the sphere of production of catalyst carriers. Eurasian Journal of technology and innovation. Volume 2 Issue 10, October 2024 ISSN 2181-4511.
  2. Юнусов М.М. Нефть ва gazni qayta ishlash. Тошкент: Kimyo, 2018.
  3. G‘ulomov Sh.T., Yusupova G.X., Jumayev M. Activation and Restroration of Hydration Catalyst. “Universial Journal on innovative Education”, Amerikan. 2023 yil ISSN 2835-3048 35-38 betlar.
  4. ISO 25457:2019. Catalyst testing procedures — Hydrodesulfurization of mercaptans.
  5. Каримов А.Ф. va boshqalar. Organik oltingugurtli birikmalar katalitik reaksiyalari. Buxoro: O‘qituvchi, 2022.