MATRICARIA CHAMOMILLA L. (DORIVOR ROMASHKA) NAMUNASI TARKIBIDAGI UMUMIY OQSIL VA ERKIN AMINOKISLOTALAR MIQDORINI TAHLIL QILISH
Hakimova(Nazirova) G. U.
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda Matricaria chamomilla L. (dorivor moychechak) o‘simligi namunasi asosida umumiy oqsil miqdori Keldal usuli yordamida, shuningdek, erkin aminokislotalar yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YSSX) yordamida aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, romashka namunasi tarkibida umumiy oqsil miqdori 6,13% ni, erkin aminokislotalar esa 17,88 mg/g ni tashkil etdi. Eng ko‘p aniqlangan aminokislotalar gistidin, glutamat kislota va sistein bo‘lib, bu moddalarning biologik faollikdagi roli katta. Ushbu natijalar romashkani biologik faol moddalarga boy dorivor o‘simlik sifatida tavsiflashga asos beradi.
Adabiyotlar
- Руководство Р 4.1.1672-03. «Методы контроля качества и безопасности биологически активных добавок к пище». — М.: Минздрав России, 2004.
- Steven A., Cohen D. Amino acid analysis utilizing phenylisothiocyanate derivatives // J. Anal. Biochem. – 1988. – Vol.17, №1. – P.1–16.
- AOAC Official Method 2001.11. Protein (Crude) in Animal Feed – Kjeldahl Method.
- Karimov I. va boshq. Fitokimyo asoslari. – Toshkent: Fan, 2020.
- Samarqand davlat universiteti. Biologik faol moddalarni aniqlash bo‘yicha laboratoriya protokollari. – 2023.