SANOAT OQOVA SUVLARINI TOZALASH BOʻYICHA SORBSION TEXNOLOGIYALAR
Kuchkarova N. X., Raxmatullayeva N. T. & Sotvoldiyeva N. X.
Annotatsiya
Ushbu maqolada sanoat oqova suvlari tarkibidagi ogʻir metall ionlarini samarali tarzda ajratib olish va ularni tozalash uchun sorbtsion texnologiyalar, xususan, modifikatsiyalangan ion almashinuvi polimerlaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Mualliflar KU-2-8 turidagi sintetik kationitlarni turli konsentratsiyadagi mineral kislotalar va titan dioksidi ishtirokida modifikatsiyalash tajribalari oʻtkazganlar. Ushbu modifikatsiyalar natijasida sorbentlarning sorbtsion faoliyati, struktura-morfologik oʻzgarishlari va tarkibiy xossalari SEM va EDS usullari yordamida tahlil qilingan. Tadqiqotlar natijasida modifikatsiya qilingan KU-2-8 sorbentlarining ogʻir metallarni tanlab olish qobiliyati va samaradorligi oshgani aniqlangan. Maqolada, shuningdek, tabiiy va sintetik sorbentlarning taqqoslamali afzalliklari, ularning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi hamda qayta ishlash imkoniyatlari muhokama qilingan. Ushbu tadqiqot natijalari sanoat chiqindilarini ekologik xavfsiz tarzda tozalashda samarali yondashuvlarni taklif etadi.
Adabiyotlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 «2022-2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida» farmoni
- Kurtukova L.V., Somin V.A., Komarova L.F. Issledovaniya po udaleniyu iz vodi soley jestkosti s primeneniem sorbentov na osnove mineralnix volokon i bentonitovix glin // Uspexi sovremennogo estestvoznaniya. – 2011. – № 12. – S. 29-31.
- Sulfokationiti na osnove rastitelnogo sirya i glisidilmetakrilata / E.E. Ergojin, A.I. Nikitina, G.K. Kabulova, N.A. Bektenov // Ximiya rastitelnogo sirya. - 2013. - № 1. - S. 67-72. // Ximiya rastitelnogo sirya. 2013. №1.
- Postnaya A. N., Mdivani V. Z. Prirodnie sorbenti v texnologicheskix prosessax // Izvestiya vuzov. Pishevaya texnologiya. 1995. №5-6. S.37-40.
- Myasoedova G.V., Nikashina V.A. Sorbsionnie materiali dlya izvlecheniya radionuklidov iz vodnix sred // Rossiyskiy ximicheskiy jurnal. 2006. №5. S.55-63.
- Boyko Yu. N., Agoshkov A.I., Gulkov A. N., Solomennik S. F., Gulkova S. G., Mayss N. A. Prirodnie sorbenti, ispolzuyushiesya dlya ochistki vod ot nefti i produktov ee pererabotki // GIAB. 2013. №22. S.746-757.
- Lyapunova G. N. i dr. Sintez i kompleksoobrazuyushchiye svoystva polimernykh formazanov (Synthesis and complexing properties of polymeric formazans) Vysokomolekulyarnyye soyedineniya. Seriya B, 1997, vol. 39, pp. 1523-1526.
- KUChKAROVA N. i dr. MODIFIKASIYa RASTVOROV KATIONITA KU-2-8 TITANOM (IV) // XIMIYa I XIMIChESKAYa TEXNOLOGIYa. – 2024. – T. 2022. – №. 3. – S. 5.
- Novyy spravochnik khimika i tekhnologa, syrʹye i produkty promyshlennosti organicheskikh i neorganicheskikh veshchestv, chastʹ II (Raw materials and products of the industry of organic and inorganic substances. Part II). Spravochnoye izdaniye / pod red. V. A. Stolyarova - SPb.: ANO NPO «Professional». – 2007. 1142 p.