KOMBINATSIYALASHGAN AYLANUVCHI BARABANLI QURITKICHNING ENERGIYA TEJAMKORLIGINI MODELLASHTIRISH

Safarov E. X.


Annotatsiya

Maqolada kungaboqar urugʻlarini qurituvchi yangi baraban tipidagi kombinatsiyalashgan quritkichning energiya tejamkorlik koʻrsatkichini aks ettiruvchi empirik matematik modeli keltirilgan. Model adekvatlikka tekshirilgan va foydalanishga yaroqliligi isbotlangan. Quritkichda elektr energiyasidan tashqari quyosh issiqlik energiyasidan qoʻshimcha ravishda foydalanilgan. Quritkichda quyosh kollektori mavjud boʻlib, atmosfera havosini quyosh issiqlik energiyasi yordamida qizdirib beradi, soʻng bu havo elektrokaloriferga beriladi. Elektrokalorifer ushbu havoni sozlangan quritish agenti haroratigacha qizdiradi, bunga kam vaqt sarflanganligi uchun asosiy elektr energiyasi ham kam sarflanadi. Shu orqali asosiy hisoblangan elektr energiyani tejash amalga oshadi. Matematik model quritish jarayonida quyosh kollektoridagi havo harorati, quritish agenti tezligi va harorati qiymatlari oʻzgarishining ta’sirini hisobga olgan holda quritkichni qancha quvvat iste’mol qilishini oldindan bashorat qila oladi. Kirish parametrlarini quritkich quvvat sarfiga qanday ta’sir qilayotgani grafiklarda tasvirlangan va tushintirilgan.


Adabiyotlar

  1. Mukhitdinov, J.P., Safarov, E.X.: Reviewing technologies and devices for drying grain and oilseeds. Chem. Tech., Cont. and Manag. 3, 05-19 (2021).
  2. Stakic, M., Tsotsas, E.: Model-based analysis of convective grain drying processes. Dry. Technol. 23, 1895–1908 (2005). doi: 10.1080/07373930500210283.
  3. Vasiliev, A.N., Severinov, O.V.: Mathematical model of energy-saving technology of grain drying. (2015).
  4. Bastron, T.N., Chirukhina, N.M.: Energy saving modes of drying the oats by means of forced aeration. Bulletin of KrasGAU. 4, (2012).
  5. Trojosky, M.: Rotary drums for efficient drying and cooling. Dry. Technol. vol. 37, pp. 632–651 (2019). https://doi.org/10.1080/07373937.2018.1552597
  6. Mukhitdinov, J.P., Safarov, E.X., Olimov, B.K.: Research of a Combined Energy-Saving Drum Dryer for Drying Sunflower Seeds. Har. Edu.a.sci.rev. 2, pp. 35-52 (2022).
  7. Yusupbekov, N.R., Mukhitdinov, J.P., Safarov, E.X.: Aerodynamic solar dryer for bulk materials. Application for invention (UZ) IAP 2020 0420 (2022).