IKKINCHI TARTIBLI SIRTLAR MODULINI OʻQITISH BOʻYICHA DASTURIY TA’LIM VOSITASI ISHLAB CHIQISHNING SHAKLI VA MAZMUNI

Qurbonov G. G. & Nurilloyeva H. I.


Annotatsiya

Maqolada oliy ta’lim muassasalari Matematika va informatika ta’lim yoʻnalishi talabalarini “Geometriya” fanidan tayyorlangan raqamli texnologiyalar asosida oʻqitishda elektron dasturdan samarali foydalanish haqida soʻz yuritiladi.Ushbu zamonaviy dastur mukammal elektron didaktik vosita sifatida xizmat qilishi natijasida talabalarning bilim, malaka va koʻnikmalarining rivojlanish darajasi oshirilishi ilmiy asoslab berilgan.Shuningdek,maqolada “Ikkinchi tartibli sirtlar” modulidan tayyorlanadigan elektron oʻquv materiallarini tayyorlashda foydalaniladigan zamonaviy dasturiy vositalari bilan tanishuv va tahlilini, dastur-ilovalarni hamda oliy ta’lim muassasalarida analitik geometriya fanining ikkinchi tartibli sirtlar modulini raqamli texnologiyalar asosida oʻqitish metodikasi ishlab chiqish,talabalarda uni qoʻllash va joriy etish, talabalarning ta’lim olish jarayoniga oid oʻquv-metodik ta’minot sifatida modellashtiruvchi, oʻrgatuvchi va dasturiy ta’lim vositalarini ishlab chiqish hamda amaliy ta’limni tashkil etish haqida bayon etiladi.


Adabiyotlar

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5847-sonli Farmoni
  2. Абдуқодиров А.А., Пардаев А.Х., Масофали ўқитиш назарияси ва амалиёти. Монография. Т.: Фан. 2009. -145 б.
  3. Al-Adwan A. S., Al-Madadha A., Zvirzdinaite Z. Modeling students‘ readiness to adopt mobile learning in higher education: An empirical study // International Review of Research in Open and Distributed Learning. – 2018.-T. 19. - No. 1
  4. Авлиякулов Н.Х., Мусаева Н.Н. Модулли ўқитиш технологиялари. – Т.: “Fan va texnologiyalar” нашриёти, 2007. – 97 б