QUYOSH PANELLARINI TOZALASHNING OPTIMAL VARIANTINI TANLASH VA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Xamzayev A. A., Jovboʻriev T. E. & Raxmatov B. H.
Annotatsiya
Mazkur maqolada Sunpure robotlashtirilgan tozalash tizimining texnik imkoniyatlari va amaliy afzalliklari tahlil qilingan. Tizim mustaqil ishlaydigan robot, intellektual boshqaruv, datchik texnologiyasi va IT asosidagi masofaviy monitoring elementlarini oʻz ichiga oladi. Sunpure suvsiz tozalash usulini qoʻllagan holda ekologik barqarorlikni ta'minlaydi. Robotning yuqori darajadagi mobilligi, tashqi muhitga chidamliligi va avtonom ishlash qobiliyati uni quyosh panellari masivlarida samarali foydalanish imkonini beradi. Monitoring va boshqaruv platformasi orqali masofaviy nazorat qilish, robotlarning holatini kuzatish va texnik xizmatni optimallashtirish imkoniyati yaratiladi. Tizim qoʻllanilishi natijasida PV stansiyalari ishlab chiqarish quvvati oshirilib, ekspluatasiya xarajatlari sezilarli darajada kamayishi mumkin.
Adabiyotlar
- Sunpure Intelligent Cleaning System. (01.06.2025 y. holatiga koʻra).
- Sharma, A., & Jain, V. (2021). Recent advancements in solar panel cleaning technologies: A review. Renewable and Sustainable Energy Reviews, 145, 111089.
- SolarPower Europe (2023). Operation & Maintenance Best Practices Guidelines for Solar PV. Brussels, Belgium.
- Maxkamov, I., & Hamroev, A. (2022). Quyosh energetikasini rivojlantirishda robot texnologiyalarining ahamiyati. Energetika va avtomatika ilmiy jurnali, №2, 45–50-betlar.
- International Energy Agency (IEA) (2022). World Energy Outlook 2022. Paris: IEA Publications.
- LoRa Alliance. (2021). LoRaWAN® Specification v1.0.4. Retrieved from https://lora-alliance.org
- Aybekov, A. (2023). Fotoelektr panellarni tozalashda robot texnikasining imkoniyatlari. Quyosh energiyasi va innovatsiyalar, №1, 32–37-betlar.
- IEEE Standards Association. (2020). IEEE Standard for Environmental Requirements for Solar PV Equipment – IEEE Std 1573-2020.