ANTONIMLARNING LINGVISTIK TAHLILI
Qarshieva M. .
Annotatsiya
Ushbu maqolada oksimoron birikmalarida antonimlarning ifodalanish xususiyatlari ya’ni, o’zaro qarama-qarshi manoga ega bo’lgan so’zlarning birikib, o’zgacha yangi badiiy mazmun hosil qilishi, shu bilan birga antonim va oksimoronlarning badiiy matnlardagi vazifalarini, ularning maʼno ifodalay olish darajasini ilmiy hamda nazariy jihatdan tahlil qilishga bag’ishlanadi. Oksimoronning stilistik maʼno jihatlari, adabiy asarlarda qo’llanilishi va aynan antonimlar orqali hosil qilingan badiiy obrazlarga ham eʼtibor beriladi. Tadqiqot davomida adabiy asarlardan olingan namunalarni maʼno jihatdan chuqur oʻrganish orqali oksimoron va antonimlarning o’xshash hamda farqli jihatlari yoritilib, jahon va o’zbek adabiyotilaridan keltirilgan misollar asosida oksimoronning mazmuniy qatlamlari hamda stilistik funksiyalarini keng ko’lamda ochib beradi. Bundan tashqari, ushbu yo’nalish yuzasidan chuqur izlanish va tadqiqotlar olib borish nafaqat tilshunoslikda balki, adabiyotshunoslik sohalari uchun nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi, ayniqsa insonning badiiy tafakkurini oshirib, adabiyotning nozik jabhalarini tushunish uchun ham zamin yaratadi. Ushbu maqolaning asosiy amaliy ahamiyatlaridan biri shundaki, u nafaqat tilshunoslik sohasida balki, adabiyotshunoslik sohasida ham izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun amaliy va nazariy jihatdan alohida ahamiyatga egadir.
Adabiyotlar
- Leech G. N. A Linguistic Guide to English Poetry.-London: Longman, 1969.-147–166p.
- Corbett. P. J. Classical Rhetoric for the Modern Student.-New York: Oxford University Press, 1990.-p.72.
- Leech.G. N .Principles of Pragmatics.-London: Longman, 1983-. p.41.
- Leech.G.N. Language in Literature: Style and Foregrounding.- Harlow: Pearson Longman, 2008.-p.62.
- Komilova G. Antonim va soʻzlar vositasida qadriyat va bahoning ifodalanishi. – O’zbekiston: Academic research in educational sciences jurnal, 2021.-155-159b.
- Кamoliddinova V. Оksimoronning metodologik va semantik xususiyatlari.-O’zbekiston: ilmiy nashriyot markazi, 2020.-37 b.
- Eshmurodov H., Eshbekov H. The phenomenon of oximoron and antithezis in the worlds of Oʻtkir Hoshimov.- O’zbekiston International journal on integrated education,2020.-32-34 b.
- Cho\'liyev R., Nazarova S. – O’zbekiston Naushniy impuls xalqaro ilmiy jurnal, 2022.-32-57b.