MARKAZIY QIZILQUM FOSFOGIPSLARINI FTORDAN YUVISH JARAYONINI O‘RGANISH.
Anorboyeva N. A.
Annotatsiya
Ushbu maqolada Markaziy Qizilqum hududida olinadigan fosfat xomashyosidan ajralib chiqadigan fosfogips tarkibidagi ftor miqdorini kamaytirish usullari o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – ekstraksiya fosfor kislotasi (EFK) ishlab chiqarish jarayonida ajralib chiqadigan fosfogipsdan ftorni samarali yuvish orqali atrof-muhitga tushadigan ftor miqdorini kamaytirishdan iborat. Tadqiqotda kaltsiy karbonat kiritilishi natijasida ftorning asosiy qismi kaltsiy ftorid shaklida cho‘kma holida fosfogipsga o‘tayotgani aniqlangan. Fosfogipsni 60% li sulfat kislotasi, sulfat-fosfor kislotali aralashmalar hamda 30% li ammiakli selitra eritmasi bilan yuvish tajribalari o‘tkazilgan. Optimal yuvish natijalari 80–90 °C haroratda, ayniqsa ammiakli selitra eritmasi ishlatilganda, ftorning 97% gacha ajratilishi bilan yakunlangan. Olingan natijalar, shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ekologik xavflarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, fosfatli o‘g‘itlar tarkibidagi ftor miqdorini nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Adabiyotlar
- Khusankhizi Y. G., Shokirugli J. M., Alisherkhizi A. N. METHODS OF OBTAINING AMMONIUM PHOSPHATE AND ITS AREAS OF APPLICATION //Sanoatda raqamli texnologiyalar/Цифровые технологии в промышленности. – 2024. – Т. 2. – №. 4-1. – С. 144-147.
- Jumaev M. STUDY OF THE PHYSICAL CHEMICAL PROPERTIES OF NPK FERTILIZER OF 16; 16; 16; 5 BRANDS OBTAINED IN LABORATORY CONDITIONS. Asadjon Kambarov Tashkent State Technical University named after Islam Karimov, Almalyk branch.
- Хошимханова М. А. и др. ПОЛУЧЕНИЕ НИТРАТА КАЛИЯ МЕТОДОМ КОНВЕРСИИ ОТ БРУСИТА //Universum: технические науки. – 2025. – Т. 6. – №. 4 (133). – С. 41-46.
- Mavlyanov M. et al. Study of the influence on potassium chloride enrichment technology in potassium ore //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 524. – С. 03008.
- Kambarov A. et al. Study of the Effect of Magnesium Sulfate and Ammonium Nitrate on the Chemical Activity of Solutions of Phosphoric Acid //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. – IOP Publishing, 2023. – Т. 1275. – №. 1. – С. 012002.
- Shamshidinov I. et al. Study of Physico-Chemical Properties of Phosphorate Solutions //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2023. – Т. 392. – С. 02036.
- Kambarov A. et al. Study of the Effect of Magnesium Sulfate and Ammonium Nitrate on the Chemical Activity of Solutions of Phosphoric Acid //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. – IOP Publishing, 2023. – Т. 1275. – №. 1. – С. 012002.