SANOAT CHIQINDILARIDAN BAZALT TOLALI KAM CHO‘KUVCHAN GAZOBETON XOSSALARINI O‘RGANISH

Bazarbaev Q. O. & Tolegenov B. D.


Annotatsiya

Tadqiqotning maqsadi tolali chiqindilarning avtoklavlanmagan gazobetonning qisqarish deformatsiyasini kamaytirishga ta’sirini o‘rganishdir. Avtoklavlanmagan qotishdagi gazobetonning fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. 28 kunlik yoshdagi avtoklavlanmagan gazobeton namunalarining mikrostrukturasi va texnik xususiyatlari Yaponiya ishlab chiqaruvi bo‘lgan JEOL JSM 6490 qurilmasida tadqiq qilindi. Ishda B4 turdagi tajriba rejalashtirish matritsasi keltirilib, uning natijalari asosida suv-sement (S/S) nisbati va alyuminiy kukuni miqdoriga bog‘liq matematik modellar olingan. Tadqiqotda portlandsement, PBO (polimer bog‘lovchi o‘zgartiruvchi) va VBO (voloknist bog‘lovchi o‘zgartiruvchi) asosidagi 28 kunlik yoshdagi avtoklavlanmagan gazobeton namunalarining mikrostrukturasi o‘rganildi. Sanoat chiqindilaridan foydalanilganda, avtoklavlanmagan qotishdagi gazobetonning fizik-mexanik xususiyatlari yaxshilanadi va qisqarish deformatsiyalari kamayadi. Olingan namunalarning elektron mikroskopik tahlili tolali chiqindilardan qisqarishni tartibga soluvchi modda sifatida foydalanish mumkinligini tasdiqladi. Aniqlanishicha, gazobeton tarkibiga tolali chiqindilar qo‘shilganda, zichligi 600 kg/m³ bo‘lgan material uchun 180 kunlikda qisqarish 31 % ga kamayadi.


Adabiyotlar

  1. Сарайкина К.А., Голубев В.А. Повышение коррозионной стойкости базальтового волокна в цементных бетонах // Строительные материалы. 2016. № 1-2. С. 27-30.
  2. Степанова В.Ф. Перспективы применения композитов в производстве бетони железобетона // Технологии бетонов. 2016. № 9-10 (110-111). С. 8-9.
  3. Белов В.В., Али Р.А. Влияния волокнистых базальтовых отходов на характеристики неавтоклавного газобетона // Научное обозрение. 2016. № 15. С. 48-54.
  4. Али Р.А., Белов В.В. Дисперсно-армированный газобетон с использованием базальтовых отходов // Цемент и его применение. 2016. № 3. С. 78-81.
  5. Свинарев А.В., Глушков А.М., Куприна А.А. Технологический модель ТМ-25 для производства неавтоклавных фибропенобетонных изделий // Строительные материалы. 2014. № 6. С. 4-6.
  6. Bonakdar A., Babbitt F., Mobasher B. Physical and mechanical characterization of Fiber-Reinforced Aerated Concrete (FRAC). Cement and Concrete Composites. Volume 38, April 2013. P. 82-91.
  7. Кудяков А.И., Плевков В.С. Совершенствование технологии изготовления базальтофибробетона с повышенной однородностью // Строительные материалы. 2016. № 1-2. С. 76-79.
  8. Езерский В.А. Улучшение свойств мелкозернистого бетона с помощью комплексных минеральных добавок // Строительные материалы. 2015. № 6. С. 4-6.