MIS FOSFIDNING KORROZIYAGA QARSHI XUSUSIYATLARI VA SANOATDAGI MUHIMLIGI.
Sharopova D. Y., Anorboyeva N. A. & Ramazonova Z. B.
Annotatsiya
Ushbu maqolada metall buyumlarning korroziyaga uchrashini kamaytirish va ulardan himoyalanish usullari, xususan, mis(II) fosfat asosidagi pigmentlardan foydalanish orqali korroziyaga chidamli qoplamalar ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar yoritilgan. Olib borilgan tajribalarda Cu₃(PO₄)₂ moddasining yuqori antikorrozion xususiyatlari aniqlangan. Tadqiqotda mis (I) va (II) birikmalari ishlatilgan nordon elektrolit eritmalaridan olinib, ularning pigment sifatida texnik-fizik xossalari o‘rganildi. Mis ortofosfat pigmenti asosidagi qoplamalar po‘lat sirtlarda korroziya tezligini sezilarli darajada kamaytirgani isbotlandi. Cho‘kma olish, quritish va maydalash jarayonlari orqali tayyorlangan pigmentlar zich, mayda dispersli va ko‘k-havo rangli bo‘lib, yaxshi himoya samaradorligini ko‘rsatdi. Elektrokimyoviy tahlil usullari yordamida statsionar potensial va anod qutblanish egri chiziqlari asosida korroziya tok va tezliklari baholandi. Cu₃(PO₄)₂ pigmentli qoplamalar eng past korroziya ko‘rsatkichlarini namoyon etdi va chuqurlik ko‘rsatkichi bo‘yicha 4-ballik chidamlilikka ega deb baholandi. Bunday pigmentlar tarkibidagi mis ionlari korroziya jarayonida anod qismlarda temir bilan barqaror komplekslar hosil qilib, korroziyani ingibirlovchi rolini bajaradi. Mis ortofosfat asosidagi pigmentlar lok-bo‘yoq sanoatida istiqbolli korroziyaga qarshi komponent sifatida taklif etiladi.
Adabiyotlar
- https://cheminfo.uz/korroziyaga-qarshi-kurashish-usullari/. (б.д.).
- .https://elib.belstu.by/bitstream/123456789/22843/1/Ashujko_Okrashennye_soedinenija_medi.pdf.
- https://nauchniyimpuls.ru/index.php/noiv/article/download/10226/6718/6469. (б.д.).
- https://nauchniyimpuls.ru/index.php/noiv/article/download/8734/5538/5301. (б.д.).
- https://zenodo.org/records/14312707. (б.д.).
- O. Peterenko, RU Patent 2108965, 1998.
- H. Buckholtz, G. Miller, US Patent 5019157, 1991.
- I. Kolesnikova, V. Serba, Metalli, 1999.
- V. Serba, RU Patent 2080405, 1997.
- B. Carlos et al., J. Am. Soc., 80(12), 1997.
- D. Johnson, Thermodynamics of Phosphate Reduction, J. Chem. Thermodyn., 2003.
- A. Kumar et al., Copper Alloys in Metallurgy, Mater. Sci. Forum, 2012.
- T. Suzuki, Reduction Kinetics of Phosphates, Thermochimica Acta, 2009.
- Y. Lee, Structure of Copper Phosphides, J. Alloy Compd., 2015.
- Z. Wang, Mechanistic Study of Carbothermal Reduction, Adv. Mater. Process., 2021.