MAHALLIY XOMASHYOLAR ASOSIDA SINTETIK SUYUQ YOQILG‘INING MOYLASH XUSUSIYATINI OSHIRUVCHI KIMYOVIY QO‘SHIMCHALARNI SINTEZ QILISH

Tuxtayeva Y. .


Annotatsiya

GTL texnologiyasi tabiiy gazni qayta ishlash orqali yuqori sifatli va ekologik toza yoqilg‘ilar, jumladan, dizel, kerosin va nafta olish imkonini beradi. GTL (Gas-to-Liquid – gazdan suyuqlikka) texnologiyasi asosida olingan sintetik dizel yoqilg‘isining moylash xususiyati pastligi uchun unga import qilib olib kelinuvchi kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shiladi. Mazkur maqolada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) dan olingan molibden oksidi (MoO₃) va Shoʻrtan gaz-kimyo (SHGKM) majmuasidan olingan granulali oltingugurt (S) asosida molibden sulfid (MoS₂) ni sintez qilish, sintetik yoqilg’ilar uchun moylovchi presatka tayyorlash usullari taklif etiladi. Bu taklif etilayotgan kimyoviy qo‘shimcha iqtisodiy samaradorligi va ekologik tozaligi bilan ahamiyatlidir. Tadqiqot natijalari GTL texnologiyasining mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlashdagi rolini va uni rivojlantirish istiqbollarini ko‘rsatadi.


Adabiyotlar

  1. Faxriddinova Sh.T.Hodiyev N.N “Metanni konversiyalab sintez gaz olishning usullari”. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 May 2023 / Volume 4 Issue
  2. https://www.uzgtl.com/dizel
  3. X.R. Xaydaraliyev, I. U. Raxmanov, F. U. Abdinazarov “Molibden ajratib olish usullarini o‘rganish” Multidisciplinary Scientific Journal April, 2023
  4. https://yuz.uz/uz/news/okmk-molibden-ishlab-chiqarish-miqdori-oshiriladi
  5. H.M.Shohidoyatov H. O‘. Xo‘janiyozov H. S. Tojimuhamedov “Organik Kimyo” 5140500 Kimyo yo‘nalishi Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik
  6. Yusupxodjayev A.A., Hojiyev Sh.T., Ochildiyev Q.T “Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi” O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan oliy o‘quv yurtlari ―5310300-Metallurgiya‖ ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Toshkent – 2022
  7. J. Jang, and M. Uesaka K. Tatenuma and A. Tsuguchi S. Sekimoto and T. Ohtsuki ” Photonuclear production of Mo-99/Tc-99m using molybdenum trioxide and activated carbon” 2017 Mo-99 Topical Meeting Sep. 13, 2017 Montréal, QC, Canada
  8. Yulduz Tukhtaeva ‘‘Enhancing Tribological Performance Of Synthetic Diesel Fuels Using Advanced Additive Technologies’’. “Muhandislik Va Iqtisodiyot” Jurnali (Oak) 2025-yil, aprel. № 4-son. https://muhandislik-iqtisodiyot.uz