AHOLI ORASIDA SOG`LOM TURMUSH TARZINI TARG`IBOT QILISH ORQALI KO`RUV A'ZOSI YALLIG`LANISH KASALLIKLARINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

Jo‘rayeva G. B.


Annotatsiya

Ushbu maqolada ko‘ruv a’zosi — ko‘z yallig‘lanish kasalliklarining asosiy klinik turlari, jumladan, blefarit, kon’yunktivit, keratit, episklerit va uveit kabi patologiyalar etiologik omillari, patogenez xususiyatlari hamda klinik kechishi keng tahlil etilgan. Ko‘z yallig‘lanishining yuqumli (virusli, bakterial, zamburug‘li) va yuqumli bo‘lmagan (allergik, autoimmun, toksik) shakllari orasidagi farqlar va diagnostik yondashuvlar batafsil yoritilgan. Tadqiqotda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ushbu kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati alohida urg‘u bilan ko‘rsatiladi. Aholi orasida shaxsiy gigiyenani ta'minlash, to‘g‘ri ovqatlanish (ko‘z salomatligi uchun muhim bo‘lgan A, C, E vitaminlariga boy mahsulotlar iste'moli), zararli odatlardan (masalan, chekish va spirtli ichimliklar iste’moli) voz kechish, sun’iy yoritish vositalaridan samarali foydalanish, shuningdek, ko‘zning ortiqcha zo‘riqishini kamaytirish kabi omillar ko‘z yallig‘lanish kasalliklarini kamaytirishda muhim profilaktik vosita sifatida taqdim etiladi. Shuningdek, aholining barcha yosh guruhlari uchun muntazam oftalmologik skrining tadbirlari va dispanserizatsiyaning samaradorligi tahlil qilinadi. Mazkur maqola profilaktik oftalmologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, sog‘lom turmush tarzining ko‘z salomatligiga ijobiy ta’sirini ilmiy jihatdan asoslab beradi.


Adabiyotlar

  1. World Health Organization. "Prevention of Blindness and Visual Impairment". Geneva, 2023. pp. 12–21.
  2. Qodirova M., Usmonova S. “Oftalmologik kasalliklar profilaktikasi”. Tibbiyot, Toshkent, 2022. №3, bet 45–51.
  3. Karimov B. “Gigiyena va sog‘lom turmush tarzi asoslari”. SSV nashriyoti, 2021. №1, bet 9–16.
  4. Aliev F. “Ko‘ruv a’zosi yallig‘lanish kasalliklari etiologiyasi va profilaktikasi”, Oftalmologiya jurnali, 2023. №2, bet 67–73.
  5. Tursunova G. "Sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti va uning ko‘z salomatligidagi roli", Salomatlik jurnali, 2024. №4, bet 34–39.
  6. WHO Guidelines. “Eye care in primary health systems”, WHO Library, Geneva, 2021. pp. 40–55.