O‘TKIR IRIDOTSIKLIT VA YOPIQ BURCHAKLI GLAUKOMANING O‘TKIR XURUJI: DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKA, SHIFOKOR TAKTIKASI VA ZAMONAVIY 3D/ROBOTLASHTIRILGAN JARROHLIK TEXNOLOGIYALARI

Joʻrayeva G. B.


Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘tkir iridotsiklit va yopiq burchakli glaukomaning o‘tkir xurujini klinik jihatdan farqlashdagi murakkabliklar, shuningdek, shifokorning birinchi tez tibbiy yordami taktikasiga oid zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Kasalliklarning klinik simptomatikasi ko‘plab jihatdan o‘xshash bo‘lgani sababli, aniq differensial tashxis qo‘yish zamonaviy diagnostik texnologiyalar, xususan, 3D oftalmik vizualizatsiya vositalaridan samarali foydalanishni talab etadi. Yangi avlod tomografik qurilmalari va optik koherent tomografiya (OCT) asosida ishlab chiqilgan 3D rekonstruksiya usullari orqali ko‘zning old segment tuzilmalari (iris, burchak zonalari, siliyer tanasi)ni mikron darajasida tahlil qilish mumkin.


Adabiyotlar

  1. Foster PJ, et al. The epidemiology of glaucoma. Br J Ophthalmol. 2002;86(2):238–242.
  2. Yanoff M, Duker JS. Ophthalmology, 5th ed. Elsevier; 2019. pp. 110-120.
  3. Kass MA, et al. Ocular Hypertension Treatment Study. Arch Ophthalmol. 2002;120(6):701–713.
  4. Medeiros FA, et al. Advanced imaging in glaucoma. Curr Opin Ophthalmol. 2017;28(2):98–103.
  5. Blumenkranz MS, et al. Robotic and 3D surgical systems in ophthalmology. Ophthalmic Surg Lasers Imaging Retina. 2020;51(10):518–525.
  6. Hollander DA, et al. Managing uveitis and iridocyclitis. Ocul Immunol Inflamm. 2015;23(2):97–105.
  7. Bourne RR, et al. Global causes of blindness and distance vision impairment 1990–2020: Lancet Glob Health. 2021;9(2):e144–e160.
  8. Liang YB, et al. Anterior segment imaging for glaucoma. Clin Experiment Ophthalmol. 2012;40(1):35–43.