EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDA SMART FILTRLAR ASOSIDAGI SENSOR TIZIMI VA BOSHQARUV ALGORITMLARINING SAMARADORLIGI

Tursunov A. ., Djurayev S. . & Sharibaev N. .


Annotatsiya

Maqolada paxtasanoat korxonalarida atmosferaga chiqarilayotgan zararli chang va gaz zarrachalarini kamaytirish maqsadida smart filtrlar asosida GIS-integratsiyalangan mechatronik monitoring tizimi ishlab chiqildi. Tizim ESP32 mikrokontrolleri, yuqori aniqlikdagi PM2.5 va PM10 optik sensorlari, zararli gazlar uchun MQ135 sensori, harorat-namlik modullari bilan jihozlandi. Boshqaruv algoritmi real vaqt rejimida ifloslanish darajasini tahlil qiladi hamda belgilangan chegaraviy qiymatlar oshganda avtomatik ravishda filtratsiya tizimini ishga tushiradi, ventilyatsiya bloklarini faollashtiradi va foydalanuvchiga vizual ogohlantirish yuboradi (LED, SMS). Monitoring tizimi Namangan viloyati, Kosonsoy tumani paxta tozalash zavodida amaliy tajribadan o‘tkazildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, ishlab chiqarish jarayonida PM2.5 darajasi 62.8 µg/m³ gacha, PM10 esa 179.4 µg/m³ gacha oshgan. Filtratsiyadan so‘ng bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 17.9 µg/m³ va 50.7 µg/m³ gacha kamaydi, bu esa filtrlash samaradorligini 71.5% va 71.7% deb baholash imkonini berdi. Shuningdek, zararli gazlar konsentratsiyasi monitoringi orqali yuqori ifloslanish holatlarida ventilyatorlar avtomatik ishga tushirildi. ThingSpeak platformasi orqali ma’lumotlar vizualizatsiya qilindi va ConSenGIS vositasida hududiy GIS xaritalash amalga oshirildi. Ushbu yondashuv sanoat ekologiyasida raqamli transformatsiya, xavfsizlikni ta’minlash va barqaror ishlab chiqarish tamoyillarini qo‘llab-quvvatlovchi ilg‘or yechim sifatida tavsiya etiladi. Taklif etilgan tizim O‘zbekiston sharoitida, xususan changli sanoat tarmoqlarida keng qo‘llash uchun mos va iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi.


Adabiyotlar

  1. Veeramanikandasamy, T., Devi, A. N., & Chelliah, T. R. (2020). IoT based real-time air pollution monitoring system using PM2.5 and PM10 sensors. International Journal of Engineering Research and Technology (IJERT), 9(4), 456–461.
  2. Loyiha. (2025). Paxtani qayta ishlash texnologiyasida atmosferaga chiqayotgan chang havoni tozalash qurilmasining samaradorligini O‘zbekiston va Xitoy texnologiyasi asosida oshirish. Namangan: 2025.
  3. A.Tursunov. Enhancing Cyclone Equipment with Smart Filters and Implementing SCADA for Environmental Management: A Literature Review. Information Horizons: AMERICAN Journal of Library And Information Science Innovation. Volume 3, Issue 3, 2025 ISSN (E): 2993-2777
  4. A.Tursunov. Sanoat changlarini monitoring qilishda smart-filtr va SCADA tizimi integratsiyasi. Kimyo fanining muammolari, sanoat sohalariga tatbiqi va yashil texnologiyalar mavzusidagi xalqaro anjuman (18-19 aprel 2025 yil). ISBN: 978-9910-695-76-6
  5. A.Tursunov. Development of Mechatronic Solutions for Gis-Based Urban Air Quality Monitoring and Decision Support Systems: a Literature Review. Journal of Interdisciplinary Science | ISSN: 2960-9550
  6. Compet-Terra (2021). Air Quality Boot Camp Manual – Open Source Sensor Deployment and GIS-based Visualization. Kosovo: ConSensGIS & EJP RD. [AQBootCamp_092021.pdf
  7. Kosovo Project (2021). Capacity Building for Environmental Monitoring using Smart Sensor Networks. Final Project Report, Pristina.
  8. Abdurahmonov, A. & To‘laganov, S. (2023). Sanoat ekologiyasi: nazariya va amaliyot. Toshkent: Innovatsiya nashriyoti.
  9. Shomurodov, B. (2020). Mikrokontrollerlar asosida atrof-muhit monitoring tizimlari. “Texnika va Texnologiyalar” jurnali, №3(22), 45–50.
  10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori PQ–420-son, 2023-yil 12-dekabr. “Sanoat korxonalarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhit monitoringini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
  11. Bazarov, R. va boshq. (2022). IoT texnologiyalar asosida sensorli o‘lchov tizimlarini ishlab chiqish. Toshkent: Yosh texnologlar akademiyasi.
  12. A.Tursunov. Smart-filtr va scada tizimi integratsiyasi asosida sanoat ekologiyasini nazorat qilish mexanizmlari. (2025) Xalqaro tajriba: Oliy ta‘limni transformatsiya sharoitida zamonaviy muhandislik yo`nalishida intellektual qobiliyatli kadrlar tayyorlash istiqbollari. 29 aprel, 2025. Namangan
  13. A.Tursunov. Mechanisms for Monitoring Industrial Ecology Based on the Integration of Smart Filters and Scada Systems. American Journal of Technology Advancement Vol.2, No.5 (May, 2025)
  14. Botir Abdullajonov, Ahror Tursunov, Jasur Shodmanov. Paxta tozalash korxonalarida chang emissiyasi va uning ekologik-sanitariya ta’sirini baholash. Iyun 2025/6 Development of science Volume 1, Uzbekistan.
  15. Ahror Tursunov, Jasur Shodmanov. Advancing Sustainable Environmental Strategies in the Cotton Industry Through Dust Emission Reduction.Scientific and Technical Journal of NamIET.Volume 10. Issue 2.2025
  16. Ahror Tursunov.(2022). Paxta sanoati korxonlarida havo ifloslanishini nazorat qilish va tozalash mexatronik tizimini yaratish. Texnika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan DISS. Namangan – 2022
  17. World Health Organization (WHO). (2021). Global Air Quality Guidelines: Particulate Matter (PM2.5 and PM10). Geneva: WHO Press.
  18. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. (2022). Paxta tozalash korxonalarida atmosferaga chiqayotgan chang tarkibini baholash bo‘yicha yakuniy hisobot. Toshkent, O‘zbekiston.
  19. Toshpo‘latov, Sh., & Mamatqulov, A. (2020). Paxta tozalash korxonalarida havoning chang bilan ifloslanishini baholash. O‘zbekiston Standartlar Instituti Ilmiy Jurnali, 3(1), 45–51.
  20. Shodmanov, J., Abdullajonov, B., Ergashxo‘jayeva, S., & Tursunov, A. (2025). Paxta tozalash korxonalarida chang emissiyasi va uning ekologik-sanitar ta’sirini baholash. Development of Science, 1(6), 220–227.