MODIFIKATSIYALANGAN POLIMER-BITUMLARNING MATRITSADA DISPERSLANISH DARAJASI VA MORFOLOGIK BARQARORLIGIN TADQIQ QILISH
Babajanov J. E., Hayitov R. R., Mavlonov S. B. & Naubeyev T. X.
Annotatsiya
Ushbu maqolada modifikatsiyalangan polimer-bitum bog‘lovchilarning morfologik barqarorligi va polimer komponentlarining bitum matritsasida disperslanish darajasi SEM (skanerlovchi elektron mikroskopiya) usuli orqali o‘rganildi. BND 50/70 bitumi bilan solishtirganda, PB-DP-1 va PB-DP-2 namunalarida polimer zarralari bir maromda taqsimlangan bo‘lsa, PB-DP-3 namunasi tolamsimon, tartibli struktura hosil qilganligi bilan ajralib turdi. Bu modifikatsiyalangan struktura mexanik va elastik xossalarning yaxshilanishiga olib kelgan. Termik tahlil (DSC/TGA) natijalari 600 °C dan yuqori haroratlargacha barqarorlikni ko‘rsatdi va modifikatsiyalangan polimer-bitum kompozitsiyalarining yuqori issiqlikka chidamliligini tasdiqladi. Olingan natijalar polimer-bitum bog‘lovchilarining issiqlikka chidamli, elastik va morfologik jihatdan barqaror material sifatida asfaltbeton qoplamalarida samarali qo‘llanilishi mumkinligini isbotlaydi.
Adabiyotlar
- Битумно-полимерные вяжущие для дорожного строительства / А.Ф. Кемалов, Т.Ф. Ганиева, Р.З. Фахрутдинов, Р.А. Лутфуллин. // Наука и техника в дор. oтрасли, 2001. T.4. C.27-28.
- Золотарев В. А. Битумы, модифицированные полимерами, и асфальтополимербетоны // Дорожная техника. 2009. С. 16–23.
- Дорожные битумы с модифицирующими добавками / С. В. Котов, Г. В. Тимофеева, С. В. Ливанова и др. // Химия и технология топлив и масел. 2003. № 3. С. 52-53.
- Davide L.P. Recycled Tyre Rubber Modified Bitumens for road asphalt mixtures: A literature review // Construction and Building Materials. – 2013. – Vol. 49. – Р. 863-881.
- Zhu J., Birgisson B., Kringos N. Polymer modification of bitumen: Advances and challenges // European Polymer Journal. 2014. – Vol. 54. – P. 18-38.
- Behnood A., Gharehveran M.M.. Morphology, rheology, and physical properties of polymer-modified asphalt binders // European Polymer Journal. 2019. – Vol. 112. – P. 766-791.