POLISULFIDLI SORBENTLAR YORDAMIDA TEXNOLOGIK CHIQINDI SUVLARDAN SIMOB (Hg²⁺) IONLARINI SELEKTIV ADSORBSIYA QILISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Nazarov S. I. & Bahonurova M. F.
Annotatsiya
Ushbu maqolada texnologik uchastkasi chiqindi suvlaridagi simob (Hg²⁺) ionlarini polisulfidli sorbentlar yordamida selektiv adsorbsiya qilish samaradorligi tadqiq qilindi. Tadqiqot ob’ektlari sifatida vinilxlorid monomeri sintezi jarayonida HgCl₂ asosidagi katalizator qo‘llanilgan texnologik chiqindi suvlar tanlab olindi. Laboratoriya sharoitida sintez qilingan PSK-1 va PSK-2 turdagi polisulfidli sorbentlar qo‘llanildi. Adsorbsiya jarayoni vertikal kolonkali tizimda 5 g/l sorbent yuklanishi va 0,5–8 soat vaqt oralig‘ida olib borildi. Simob miqdori ETCG-2A mikrokompyuterli simob analizator yordamida aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, PSK-2 sorbenti Hg²⁺ ionlariga nisbatan yuqori selektivlik va barqaror adsorbsiya quvvati namoyon qildi. Chiqindi suvlardagi simob konsentratsiyasi 1,32–1,38 mg/l dan 0,14–0,17 ppb gacha kamaytirildi. Bu ko‘rsatkichlar GOST va SanPiN ekologik normalariga to‘liq javob berishi bilan birga, texnologiyaning amaliy joriy etilishi natijasida chiqindi suvni tozalash tannarxi 28% ga arzonlashishi aniqlandi.
Adabiyotlar
- Prudnikov M., Russavskaya N., Podoplelov E. Adsorption treatment of wastewater generated during the demercurization of mercury-contaminated soils. 2021.
- Sun Y., Yang C., Fu Y., va boshq. Sulfur-containing adsorbent made by inverse vulcanization of sulfur/oleylamine/potato starch for efficient removal of Hg(II) ions // Journal of Environmental Chemical Engineering. 2023. Q1 SJR.
- Azman N., Azoddein A.A., Ali M.F. Polymer sorbent for mercury removal from aqueous solution // IOP Conference Series: Materials Science and Engineering. 2020.
- Sreedhar M., Madhukumar A., Anirudhan T. Evaluation of an adsorbent prepared by treating coconut husk with polysulphide for the removal of mercury from wastewater. 1999.
- Pan Q., Hong Q., Fan Y., va boshq. Efficient selective uptake of mercury ions using inverse vulcanization-synthesized sulfur-rich adsorbents // Separation and Purification Technology. 2023.
- Nazarov S.I., Djalilov A. Т. , Nurqulov F.N. Xlororganik chiqindilar asosida polisulfid kauchuk sintezi, uning fizik-kimyoviy xossalari va tuzilishining IQ -spektroskopik tadqiqoti. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2025-yil 5-son. 203-208 b
- Djalilov A. Т. , Nazarov S.I., Nurqulov F.N., Bahonurova M.F. Natriy polisulfidi va 1,1,2-trixloretan asosida sintez qilingan polisulfid oligomerining fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etish. Development of science, 2025/6 vol 4, pp.327-335.
- Nazarov S.I., Djalilov A. Т. , Nurqulov F.N. Elementar oltingugurt asosida samarali odorant birikmalarini sintezi. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2025-yil 5-son. 209-213b