ENERGIYA TEJAMKOR VA AQLLI ZATVORLARDA SUV SARFI MONITORINGINI TAKOMILLASHTIRISH
Fozilov I. I., Abduraimova D. A., Otaxonov M. Y., Jo‘raboyev I. I. & Allaberdiyev S. Z.
Annotatsiya
So‘nggi yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni boshqarishda energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masalalardan biriga aylandi. Suvni taqsimlash, hisobga olish va samarali boshqarish jarayonida zatvorlarning konstruktiv yechimlari muhim o‘rin tutadi. An’anaviy zatvorlar oddiy konstruksiyaga ega bo‘lsa-da, ularda suv oqimining gidravlik xususiyatlari yetarlicha hisobga olinmaydi, natijada ortiqcha energiya yo‘qotilishi, suv sarfini aniqlashdagi xatoliklar va boshqaruvdagi murakkabliklar kuzatiladi. Zamonaviy energiya tejamkor zatvorlar gidravlik qonuniyatlar asosida loyihalanib, oqim sarfini aniqlashda yuqori aniqlikka erishish mumkin. Buning uchun zamonaviy ultratovushli datchiklar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va quyosh panellari kabi innovatsion texnologiyalar qo‘llaniladi. Natijada, suv sarfini o‘lchashda aniqlik oshadi, energiya sarfi kamayadi va boshqaruv jarayoni soddalashadi. Maqolada zatvorlarni avtomatik boshqarish va yuqori aniqlikda suv sarfini baholashda suvning zatvor ostidan o‘tayotganda yuzaga keladigan gidravlik jarayonlarni inobatga olish zarurati asoslangan. “Smart Channel M-1” qurilmasini xarakteristikalarini asoslashga qaratilgan, tavsiya etilayotgan zatvorning konstruktiv tuzilishi va boshqaruv tizimidagi jarayonlar batafsil ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari bo‘yicha zamonaviy energiya tejamkor va aqlli zatvorlardan foydalanib, suv resurslarini samarali monitoring hamda raqamlashtirilgan boshqaruv tizimiga integratsiya qilish imkoniyati bayon etilgan.
Adabiyotlar
- Arifjanov A. M, Tojiboyev S.J. Gidrotexnika inshootlaridagi zatvorlar uchun elektr yuritmasini tanlash // “O‘zbekgidroenergetika. Jurnal – Toshkent, 2022. №14; B. 47-49
- Arifjanov A. M, Tojiboyev S.J. Qarshi magistral kanalidagi pk-792 to‘suvchi inshootning suvni chiqarish qismida sathni avtomatik rostlab suv isrofini kamaytirish //“O‘zbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanishning muammolari va yechimlari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani materiallari – Qarshi, 2021 yil, B. 247-252.
- Arifjanov, A. M., Fatxulloyev, A. M., Rakhimov, K. T., Otakhonov, M. Y., & Allayorov, D. S. (2022). Changes in hydraulic parameters in canals with sides lining. Paper presented at the IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, , 1112(1) doi:10.1088/1755-1315/1112/1/012129
- Arifjanov, A., Fatxullaev, A. Natural Studies for Forming Stable Channel Sections (2020) Journal of Physics: Conference Series, 1425 (1). DOI: 10.1088/1742-6596/1425/1/012025.
- Aybek Arifjanov, Suhrob Tadjiboyev, Umida Vokhidova and Ismoil Juraboyev, “Hydraulic model of digitalization of water accounting under the sluice gate” E3S Web of Conferences 538, 01024 (2024) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453801024.
- Elzabieta Kubrak, Janusz Kubrak, Adam Kiczko and Michal Kubrak “Flow Measurments Using a Sluice Gate; Analysis of Applicability” Water 2020, 12(3), 819; https://doi.org/10.3390/w12030819.
- Carlos Bonilla, Bruno Brentan, Idel Montalvo, Joaquin Izquierdo “ Digitalization of Water Distribution Systems in Small Cities, a Tool for Verification and Hydraulic Analysis: A Case Study of Pamplona, Colombia” Water 2023, 15(21), 3824; https://doi.org/10.3390/w15213824.
- Silva, C.O.; Rijo, M. Flow rate measurements under sluice gates. J. Irrig. Drain. Eng. 2017, p.143.
- Mohammed Javad Monem and Zeinab Hosseinzade. Construction and Evaluation of Automatic pivot weir control system // ICID 21st International Congress on Irrigation and Drainage, 15-23 October 2011, Tehran, Iran. p.450.
- Suntaranont B. et al. Energy aware flash flood monitoring stations using a ga-fuzzy logic control mechanism //2015 IEEE Tenth International Conference on Intelligent Sensors, Sensor Networks and Information Processing (ISSNIP). – IEEE, 2015. – р. 1-6.
- Dulhoste J.F., Georges D., Besancon G. Nonlinear control of openchannel water flow based on collocation control model // Journal of Hydraulic Engineering. 2004. – p. 254–266.
- Erbisti P. C. F. Design of hydraulic gates. – CRC Press, 2014. – р. 231-234.
- Serikbaev B.S., Barayev F.A., Sherov A.G., Serikbaevа E.B., Omarova G.E., Djumanazarova A.T.. Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, darslik. – T.: TIMI, 2014: – 295 b
- Sauida M. F. Calibration of submerged multi-sluice gates //Alexandria Engineering Journal. – 2014. – T. 53. – №. 3. – p. 663-668
- Rajaratnam, N.; Subramanaya, K. Flow equations for the sluice gate. J. Irrig. Drain. Eng. ASCE 1967, 93, -р. 167–186
- Rao R.V., Zhmud V.A. The review of the Indo-Russian Joint Workshop on Computional Intelligence and Modern Heuristics in Automation and Robotics. Научный вестник НГТУ. 2010. № 4 (41). р.179–182.