JISMONIY MADANIYAT O‘QITUVCHILARINING SHAXSIY FAZILATLARI VA PSIXOLOGIK BARQARORLIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Saidova S. .
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotning maqsadi jismoniy madaniyat o‘qituvchisida bo‘lishi zarur bo‘lgan shaxsiy fazilatlarni amaliyotdagi o‘qituvchilarning nuqtai nazari asosida aniqlashdan iboratdir. Tadqiqot Osiyo Xalqaro Universitetining jismoniy madaniyat kafedrasida faoliyat olib borayotgan 10 nafar o‘qituvchi ishtirokida o‘tkazildi. Ma’lumotlar “O‘qituvchi sifatlariga talabalar nigohida” o‘lchovi asosida tuzilgan va o‘qituvchining shaxsiy fazilatlarini aks ettiruvchi 13 bandli savol shakli yordamida yig‘ildi. So‘rovnomalar yuzma-yuz tarzda to‘ldirildi va natijalar foizlar ko‘rinishida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, jismoniy madaniyat o‘qituvchisida eng muhim deb baholangan shaxsiy fazilatlar quyidagilardan iborat: tanqidga ochiqlik, o‘quvchini har tomonlama tushuna olish, va keng dunyoqarashga ega bo‘lish. Ushbu fazilatlar o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muvaffaqiyatli muloqot o‘rnatishida va ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omillar sifatida ko‘rilmoqda.
Adabiyotlar
- Physical education teacher, personal qualities and skills, 5 Mart 2010, http://www.careersscotland.org.uk/CareerInformation/Occupations/TeachingandClassroomSupport/ SecondarySchoolTeaching/PhysicalEducationTeacher. asp.
- Mawer M. (1995). The Effective Teaching of Physical Education. London, New York: Longman.
- Matanin M, Collier C. (2003). Longitudinal analysis of preservice teachers’ beliefs about teaching physical education. Journal of Teaching in Physical Education, 22 (2), 153–168.
- Laminack LL, Long BM. (1985). What makes a teacher effective: Inside from preservice teachers. Clearing House, 58, 268.
- Friedman ED. (1983). The pupils ımage of the physical education teacher and suggestions for changing attitudes in teacher training. International Journal of Physical Education, 20 (2),15-18.