SHOVQIN TUSHUNCHASI VA INSON HAYOTIGA TA’SIRI (TARIXIY TADQIQOTLAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR ASOSIDA)

Musayev S. G.


Annotatsiya

Ushbu maqola shovqin tushunchasining tarixiy boshlanishi, uning inson hayotiga ta’siri hamda akustikaning zamonaviy rivojlanish bosqichlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — shovqinni qadimiy manbalar, ilmiy nazariyalar va texnik yechimlar asosida izchil ko‘rib chiqish hamda shovqinga qarshi kurashda samarali yondashuvlarni ilmiy jihatdan asoslashdir. Metod sifatida tarixiy adabiyotlarni o‘rganish, fizik formulalarni tahlil qilish, muhandislik akustikasi bo‘yicha ilmiy manbalardan foydalanish va shovqinga qarshi amaliy choralarni umumlashtirish yo‘li tanlangan. Maqolada shovqin haqida ilk ma’lumotlar qadimgi Mesopotamiya va Yunonistondan boshlab tahlil qilinadi, Rim davridagi transport shovqinlari va ularni cheklash tajribasi keltiriladi. XIX–XX asrlarda akustika sohasi jadal rivojlanib, o‘lchash asboblari, akustik nazariyalar va texnik yechimlar shakllangan. Natijalar bo‘limida shovqinga qarshi kurashning uch bosqichi (urushdan oldingi, urushdan keyingi va zamonaviy davr) haqida ma’lumot berilgan. Jadval asosida XX asrda konditsionerlar, avtomobillar, qurilish mashinalari, reaktiv samolyotlar va boshqa obyektlarda shovqin darajasini 15–30 dBA ga pasaytirish mumkin bo‘lgani ilmiy dalillar bilan ko‘rsatilgan. Muhokama qismida tovushning tarqalishi, to‘lqin tezligi, chastota, intensivlik, energiya zichligi va tovush quvvati kabi fizik kattaliklar tahlil qilinadi. Ushbu nazariy asoslar shovqinga qarshi amaliy choralarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekani isbotlangan. Xulosa sifatida, maqola shovqinning tarixiy va nazariy jihatlarini birlashtirib, inson salomatligi hamda mehnat muhofazasida qo‘llash mumkin bo‘lgan ilmiy-amaliy yechimlarni taqdim etadi. Natijalar sanoat va transport sohalarida shovqinni kamaytirish, ish joylarini gigiyenik me’yorlarga moslashtirish hamda shahar muhitida akustik xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘llanilishi mumkin.


Adabiyotlar

  1. Miedema H. M. On the definition of noise // Journal of Sound and Vibration. – 2007. – Vol. 304. – № 3–5. – P. 876–879.
  2. Иванов Н.И. Инженерная акустика: теория и практика борьбы с шумом. – Москва: Издательство „Физматлит“, 2004. – 384 с.
  3. GOST 12.1.003-2014. SSBT. Noise. General safety requirements.
  4. Сулаиманов С.С., Мусаев Ш.Г. Sanitary and hygienic evaluation of working conditions and noise characteristics of equipment in the metalworking shop of the Tashkent passenger railcar construction and repair plant // Journal of Transport. – 2025. – Т. 2, № 2. – С. 189–194. – DOI: 10.56143/jot-journal.v2i2.288.
  5. Сулаиманов С.С., Мусаев Ш.Г. Analysis of occupational diseases associated with noise pressure levels in workplaces of railway enterprise employees // Journal of Transport. – 2025. – Т. 2, № 2. – С. 186–188. – DOI: 10.56143/jot-journal.v2i2.287.
  6. СанПиН РУз N 0325-16. – Утв. Главным государственным санитарным врачом Республики Узбекистан С. С. Сайдалиевым 01.02.2016 г. – Ташкент, 2016. – 28 с.