TEMIRCHILIK SEXIDAGI ISH OʻRINLARI VA ISH ZONALARIDAGI SHOVQIN MANBALARINI IDENTIFIKATSIYALASH.
Musayev S. G.
Annotatsiya
Ushbu maqola temirchilik sexida yuzaga keladigan shovqin manbalarini identifikatsiya qilishga bag‘ishlangan. Mashinasozlik korxonalari texnologik jarayonlarning murakkabligi hamda ko‘plab turdagi sex va uchastkalarni o‘z ichiga olgani sababli, ishlab chiqarish sharoitida shovqin inson salomatligiga va mehnat unumdorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — temirchilik sexida shovqin manbalarini aniqlash, ularni tasniflash hamda ularga qarshi akustik chora-tadbirlarni ishlab chiqish zaruratini asoslab berishdir. Metodologik jihatdan, shovqin darajalarini o‘lchash ГОСТ 12.1.050–86 talablari asosida amalga oshirildi. Tajribada ГОСТ 17187-81 talablariga javob beradigan “Assistent” hamda “Оktava-110А” shovqin o‘lchash asboblari qo‘llanildi. Olingan natijalar “Microsoft Excel” dasturi yordamida qayta ishlanib, diagramma va grafiklar shaklida taqdim etildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, temirchilik sexidagi asosiy texnologik uskunalar — ikki kamerali qizdiruvchi gaz pechi, temirchilik bolg‘asi, prujina o‘rash dastgohi, lentali yarimavtomat arra HB 380 L va frezerlik dastgohi yuqori darajadagi shovqin bosimi manbalari hisoblanadi. O‘tkazilgan o‘lchovlar natijasida bu uskunalardan chiqayotgan shovqin darajalari 79 dB dan 111 dB gacha bo‘lib, me’yoriy ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada yuqori ekani aniqlandi. Ayniqsa, temirchilik bolg‘asi va prujina o‘rash dastgohi eng yuqori shovqin bosimi darajalarini hosil qiluvchi manbalar sifatida qayd etildi. Muhokamada shovqinning yig‘indi (umumiy) darajasini aniqlashning logarifmik hisoblash usullari yoritildi va sexdagi bir nechta shovqin manbalari qo‘shilganda umumiy ta’sirni baholash zarurligi ta’kidlandi. Xulosa qilib aytganda, temirchilik sexida yuzaga keladigan shovqin me’yorlardan yuqori bo‘lib, u ishchilar salomatligi va mehnat samaradorligiga xavf tug‘diradi. Shu bois, shovqinni kamaytirishga qaratilgan akustik choralarni ishlab chiqish va joriy etish muhim amaliy vazifa hisoblanadi
Adabiyotlar
- Баранов В.А. Технологические процессы в машиностроении. — М.: Машиностроение, 1986. — 328 с.
- Терещенко А.Ф. Производственный шум: нормирование. Методы снижения шума. — М.: Издательство стандартов, 1976. — 216 с.
- GOST 12.1.003-2014. SSBT. Noise. General safety requirements.
- Сулаиманов С.С., Мусаев Ш.Г. Sanitary and hygienic evaluation of working conditions and noise characteristics of equipment in the metalworking shop of the Tashkent passenger railcar construction and repair plant // Journal of Transport. – 2025. – Т. 2, № 2. – С. 189–194. – DOI: 10.56143/jot-journal.v2i2.288.
- Сулаиманов С.С., Мусаев Ш.Г. Analysis of occupational diseases associated with noise pressure levels in workplaces of railway enterprise employees // Journal of Transport. – 2025. – Т. 2, № 2. – С. 186–188. – DOI: 10.56143/jot-journal.v2i2.287.
- СанПиН РУз N 0325-16. – Утв. Главным государственным санитарным врачом Республики Узбекистан С. С. Сайдалиевым 01.02.2016 г. – Ташкент, 2016. – 28 с.