BURG‘ILASH KOLONNASINING QULFLI ULANISH QISMLARINI QAYTA TIKLASH USULLARI
Normayev Q. H.
Annotatsiya
Burg‘ilash jarayonida qo‘llaniladigan quvurlar kolonnasining qulfli ulanish qismlari ko‘p marotaba mexanik yuklamalarga duch kelishi natijasida tez-tez shikastlanadi. Bu nosozliklarning oldini olish va ularni qayta tiklash uchun samarali texnologik usullarni ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqolada rezbali ulanish qismlarini elektr yoy ostida eritib qoplash usuli yordamida qayta tiklash, shuningdek, termik va kriogen ishlov berish texnologiyalari orqali mustahkamlikni oshirish imkoniyatlari yoritiladi. O‘tkazilgan tajribalar asosida quvurlar xizmat muddatini uzaytirish hamda avariya holatlarini kamaytirishning optimal yo‘llari asoslab berilgan.
Adabiyotlar
- Normayev Q.H. Skvajinalarni burg‘ilashda texnologik avariyalarni va geologik asoratlarni bartaraf etuvchi texnik yechimlarni ishlab chiqish // PhD. dissestatsiya ishi // UО‘K: 622.248 // Navoiy: «O‘zbekiston konchilik xabarnomasi» jurnali nashriyoti, 2024 – 113 b.
- Djurayev R.U., Mirzayev A.U. va boshq. Chuqur skvajinalarni burg’ilash qazish uskunalari va texnologiyasi // Darslik. –Toshkent: «Lesson Press» nashriyoti, 2023, – 480 b.
- Михеев Д. А. Исследование аварийных муфт замков бурильных труб, восстановленных наплавкой // Материалы Всероссийской научно - технической конференции. – Самара: Самар. гос. техн. ун-т, 2016. – С. 256-257.
- Халтурин, О. А. Анализ влияния отклонений геометрии на напряжения в замковом резьбовом соединении // –Современные проблемы науки и образования. – 2014. – № 2. – С. 80-82.