FUNKSIONAL SIROP ISHLAB CHIQARISHDA SUT ZARDOBIDAN FOYDALANISHNING ILMIY-NAZARIY JIHATLARI
Kamilova S. B. & Mirxodjayeva D. D.
Annotatsiya
Ushbu maqolada sut zardobi asosida funksional sirop ishlab chiqarish texnologiyasi o‘rganildi. Tadqiqotda sut zardobining tarkibi va xossalari, texnologik jarayon bosqichlari hamda sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Natijalar funksional siropning yuqori biologik qiymatga ega ekanligini, oqsil, laktoza, mineral moddalar, vitaminlar va bioaktiv komponentlar bilan boyitilganini ko‘rsatdi. Oddiy siroplardan farqli ravishda, zardob asosidagi siroplar immunitetni mustahkamlash, sog‘liqni qo‘llab-quvvatlash, bolalar va sportchilar ovqatlanishida qo‘llash imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, texnologiyada membranali kontsentratsiya va past haroratli sterilizatsiya usullari energiya samaradorligini ta’minlab, chiqindilarni kamaytiradi va iqtisodiy foyda beradi.
Adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi.
- Bell, S. J. (2000). Whey protein concentrates with and without immunoglobulins: A review. Journal of Medicinal Food, 3(1), 1–13. https://doi.org/10.1089/jmf.2000.3.1
- Mehra, R., Kumar, H., Kumar, N., Ranvir, S., Jana, A., Buttar, H. S., Telessy, I. G., Awuchi, C. G., Okpala, C. O. R., Korzeniowska, M., & Guinė, R. P. F. (2021). Whey proteins processing and emergent derivatives: An insight perspective from constituents, bioactivities, functionalities to therapeutic applications. Journal of Functional Foods, 87, 104760. https://doi.org/10.1016/j.jff.2021.104760
- Yadav, D., Kumar, N., Singh, R., & Sharma, R. (2015). Whey proteins: A valuable by-product of dairy industry. Journal of Food Science and Technology, 52(5), 2028–2038. https://doi.org/10.1007/s13197-013-1248-y
- Siqueiros-Cendón, T., Arévalo-Gallegos, S., Iglesias-Figueroa, B. F., García-Montoya, I. A., Salazar-Martínez, J., Rascón-Cruz, Q., & Ríos-Stevens, A. (2014). Immunomodulatory effects of lactoferrin. Acta Pharmacologica Sinica, 35(5), 557–566. https://doi.org/10.1038/aps.2013.200