KUMUSH NANOZARRACHALARI SINTEZ QILISHDA TURLI QAYTARUVCHILAR ROLI

Lutpillayeva M. . & Hoshimov F. .


Annotatsiya

Mazkur maqolada turli xil qaytaruvchilar ishtirokida kumush nanozarrachalar (AgNZ) sintezi va ularning hosil bo'lishiga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Kumush nanozarrachalar antibakterial, optik va biomoslashuvchan xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni sintez qilishda qaytaruvchining tabiati, konsentratsiyasi va barqarorlashtiruvchi moddalarning roli muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda AgNO₃ asosida natriy sitrat, gidrazin va glyukoza yordamida kumush nanozarrachalar sintez qilindi. Jelatin esa barqarorlashtiruvchi sifatida qo‘llanildi. Nanozarrachalarning hosil bo‘lganligi eritma rangining o‘zgarishi, UV–Ko‘rinadigan spektr (421 nm cho‘qqi) va XRD tahlillari bilan tasdiqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, natriy sitrat eng samarali qaytaruvchi sifatida tan olindi. Ushbu yondashuv ekologik xavfsiz, samarali va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yechim sifatida taklif etiladi.


Adabiyotlar

  1. Roto Roto , Hani Prima Rasydta, Adhitasari Suratman, and Nurul Hidayat Aprilita. Effect of Reducing Agents on Physical and Chemical Properties of Silver Nanoparticles. Indones. J. Chem., 2018, 18 (4), 614 - 620
  2. Huang H., Yang Y. Preparation of silver nanoparticles in inorganic clay suspensions. Compos. Sci. Technol. 2008;68:2948–2953. doi: 10.1016/j.compscitech.2007.10.003.
  3. Darroudi M., Ahmad M.B., Zak A.K., Zamiri R., Hakimi M. Fabrication and Characterization of Gelatin Stabilized Silver Nanoparticles under UV-Light. Int. J. Mol. Sci. 2011;12:6346–6356. doi: 10.3390/ijms12096346.
  4. M.X.Lutpillayeva, F.F.Hoshimov, O.K.Ergashev. Qishloq xo’jaligida qo’llash uchun nanokumush tutgan o’simlik o’sishini boshqaruvchi innovatsion preparatlar olish –Monografiya, GlobeEdit. 2024 yil. — 244 bet.
  5. Lutpillaeva M., Hоshimоv F., Synthesis оf silver nanоparticlesE3S Web оf Cоnferences, 2024, 486, 05013. dоi.оrg/10.1051/e3scоnf/202448605013
  6. Lutpillaeva M., Hоshimоv F., Kumush nanоzarrachalari tutgan tizimlarni sintez qilishda turli qaytaruvchilar va stabilizatоrlar rоli. О‘zbekistоn milliy universiteti xabarlari, 2023, [3/1] ISSN 2181-7324. 392-395
  7. Lutpillayeva, M., & Hoshimov, F. (2025, July). Study of systems containing silver nanoparticles using ultraviolet–visible spectroscopy method. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3304, No. 1, p. 030022). AIP Publishing LLC.
  8. Лутпиллаева, М., Хошимов, Ф., & Мамадрахимов, А. (2024). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ РАЗЛИЧНЫХ ВОССТАНОВИТЕЛЕЙ И СТАБИЛИЗАТОРОВ ДЛЯ СИНТЕЗА СИСТЕМ, СОДЕРЖАЩИХ НАНОЧАСТИЦЫ СЕРЕБРА. Universum: химия и биология, 1(7 (121)), 29-39.
  9. Lutpillaeva, M., Xoshimov, F., & Ergashev, O. (2024). Synthesis of silver nanoparticles using various reducing agents and stabilizers. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 9(2), 155-163.