POLIMER TOLALI TASHUVCHIGA IMMOBILLANGAN ORGANIK REAGENT ASOSIDA QO‘RG‘OSHIN (II) IONINI SORBSION-SPEKTROFOTOMETRIK ANIQLASH
Normatov B. R., Kamolova S. F. & Karimov O. T.
Annotatsiya
Qo‘rg‘oshin (II) ionini sorbsion-spektrofotometrik aniqlash uchun 2,2'-(1,8-Digidroksi-3,6-disulfonaftilen-2,7-bisazo) bisbenzenarson kislotasi, 2,7-Bis(2-arsonofenilazo) xromotrop kislota (Arsenazo-III) analitik reagent sifatida tavsiya etildi. Qo‘rg‘oshin (II) ionini 2,2'-(1,8-Digidroksi-3,6-disulfonaftilen-2,7-bisazo) bisbenzenarson kislotasi, 2,7-Bis(2-arsonofenilazo) xromotrop kislota yordamida aniqlashning maqbul sharoitlari taklif qilindi. Poliakrilonitril tolasini polietilenpoliamin bilan ishlov berilib so‘ngra monoxlorsirka kislotasi bilan ketma-ket modifikatsiyalash mahsuloti bo‘lgan PPM-1 ga immobillangan Arsenazo III bilan qo‘rg‘oshin (II) ioni o‘zaro kompleks hosil qilishi o‘rganildi. Arsenazo III qo‘rg‘oshin (II) ionini aniqlashda tanlab tasir etuvchan, yuqori samarali bo‘lgan analitik reagent tavsiya etilgan. Dastlab Arsenazo III PPM-1 ga immobillash xususiyatlari, so‘ngra metall ioni bilan kompleks hosil qilishining analitik xossalari spektrofotometrik usulda o‘rganilgan. Hosil bolgan kompleksning tuzilishi turli spektroskopik usullar bilan o‘rganildi. Qo‘rg‘oshin ionini tolaga immobillangan reagentlar bilan hosil qilgan komplekslarining tuzilishi, mexanizmi nur yutish hamda infraqizil spektroskopik tahlili bilan isbotlandi.
Adabiyotlar
- Masharipov S. «Tibbiy kimyo» o‘quv qollanmasi Toshkent 2018.
- Лурье Ю.Ю. Справочник по аналитической химии. М.:Химия. 1989. С. 446-445.
- Коростылев П.П. Приготовление растворов для химико-аналитических работ. -М.: Наука. -1981. - 202 с.
- Basargin N.N., Oskotskaya E.R., Karpushina G.I., Senchakov V.G., and Rozovskii Yu.G. Preconcentration and Determination of Traces of Heavy Metals with Polymer Chelating Sorbents in the Analysis of Natural and Waste Water // J. Analytical chemistry-2003–Vol. 58 –No. 7. –P. 617-619.
- Saritha B., Giri A. Sreenivasulu Reddy T. Journal of Chemical and Pharmaceutical Research (2014).
- Ribeiro J. M.Rodrigues F. J.Tavares C.J. Journal of Alloys and Compounds (2023), 10.1016/j.jallcom.2023.168751
- Utkir Madatov Samariddin Rakhimov Dilbar Shahidova Zulayho Smanova Basant Lal & Elyor Berdimurodov International Journal of Environmental Analytical Chemistry Article | Published Online: 13 Dec 2022 | Views: 68 | Citations: 3
- Bunyod Bobojonov Utkir Madatov Xilola Usmanova Smanova Zulayho Ulug‘bek Ahmadjonov Muslum Demir & show all International Journal of Environmental AnalyticalChemistry Article. Published Online: 16 Jul 2023. Views: 26
- Лурье Ю.Ю. Справочник по аналитической химии. М.:Химия. 1989. С. 446-445.
- Li Zh., Zhang Y., Wang R., Jiang D. Separation, preconcentration and determination of lead, cadmium and iron using cloud point extraction with flame atomic absorption spectrometry. Journal of Applied Specntroscopy. Volume 89, pages 371-380, (2022) Published: 06 June 2022.