KONCHILIK KORXONALARINING ELEKTR ENERGIYA ISTE’MOLINI MODELLASHTIRISH

Qarshibayev A. I. & Jumayev Z. I.


Annotatsiya

Ushbu maqolada konchilik korxonalarida elektr energiya iste’molini modellashtirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Elektr energiya iste’moli to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar to‘plamini qayta ishlashda elektr energiya iste’moli korrelyatsiya koeffitsiyentining maksimal qiymatlariga ega bo‘lgan texnologik omillar ajratiladi. Birinchi bosqichda, ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan elektr energiyasi bo‘yicha statistik ma’lumotlar yig‘iladi. Bu ma’lumotlar odatda turli vaqt oralig‘ida (soatlik, kunlik, oylik) o‘lchangan bo‘lib, turli texnologik jarayonlarga (masalan, maydalash, flotatsiya, nasoslar ishlashi, konveyerlar harakati) bog‘liq holda yig‘iladi. Ma’lumotlar bazasining ishonchliligi va to‘liqligi keyingi tahlillar natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchi bosqichda, yig‘ilgan statistik ma’lumotlar matematik va statistik usullar yordamida tahlil qilinadi. Bu yerda asosiy maqsad – elektr energiya iste’moliga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi texnologik omillarni aniqlashdir. Bu jarayonda korrelyatsiya tahlili qo‘llaniladi.


Adabiyotlar

  1. Asqar I. Karshibayev, and Zavqiyor I. Jumayev* Expanding the level of forecasting and operational planning of electric consumption at mining enterprise E3S Web of Conferences 417, 03015 (2023) GEOTECH-2023.
  2. A.I. Karshibayev, Z.I. Jumayev, Sh.Sh. Abdullayev, Konchilik korxonalarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish // Journal of Advances in Engineering Technology 2022. – C. 39-42.
  3. Қаршибаев А.И. Прогнозирование электропотребления технологических машин и механизмов карьеров (на примере навоийского горно-металлургического комбината) // Диссертация 2018. – C. 40-47.
  4. Каршибаев А.И. Повышение эффективности электропотребления в условиях горных предприятий Узбекистана // “Диссертация на соискание ученой степени кандидата технических наук”. Москва, 2011. – C.124.
  5. A.I. Karshibayev, Z.I. Jumayev, Sh.Sh. Abdullayev, Konchilik korxonalarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish // Journal of Advances in Engineering Technology 2022. – C. 39-42.
  6. Қаршибаев А.И. Прогнозирование электропотребления технологических машин и
  7. механизмов карьеров (на примере навоийского горно-металлургического комбината) // Диссертация 2018. – C. 40-47.
  8. A.I. Karshibayev, Z.I. Jumayev, Sh.Sh. Abdullayev, Konchilik korxonalarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish // Journal of Advances in Engineering Technology 2022. – C. 39-42.