ARALASH KOAGULYANTLARINING OQOVA SUV TARKIBIDAGI MUALLAQ ZARRACHALAR MIQDORI VA RANGDORLIKNI KAMAYTIRISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Shirinov G. Q. & Nazarov S. I.


Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda turli koagulyantlarning, ayniqsa polialyuminiy xlorid (PAX) va politemir(III) xlorid (PTX) aralashmasining suvni tozalashdagi samaradorligi o‘rganildi. Asosiy e’tibor suvdagi muallaq zarrachalar va rangdorlikni kamaytirishga qaratildi. Tajribalarda har bir koagulyant 90 mg/l miqdorida qo‘llanib, cho‘kma hosil bo‘lish tezligi va koagulyatsiyadan keyingi suvning qoldiq rangdorligi tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, PAX va PTX ni aralashtirib qo‘llash alohida ishlatishdan ko‘ra samaraliroq bo‘lib, cho‘kma tezroq hosil bo‘ldi va to‘liq cho‘kish uchun kerak bo‘lgan vaqt sezilarli darajada qisqardi. Bundan tashqari, fotometrik tahlillar suvdagi rangdorlik darajasining ancha kamayganini ko‘rsatdi. Bu esa, PAX/PTX aralashmasi suvni optik jihatdan ham yaxshiroq tozalashga qodir ekanligini tasdiqlaydi. Umuman olganda, tadqiqot natijalari shuni anglatadiki, an’anaviy alyuminiy sulfat o‘rniga PAX va PTX aralashmasidan foydalanish suvni oqartirishda yanada samarali bo‘lishi mumkin. Ushbu yondashuv sanoat korxonalarining chiqindi suvlarini tozalash jarayonlarida amaliy qo‘llanilishi uchun istiqbolli yechim hisoblanadi.


Adabiyotlar

  1. Linghu W. S., Sun C. Y. Pretreatment of Wastewater Using a Combined Coagulation and Fenton Oxidation Process // Advanced Materials Research. – 2014. – Т. 1049. – С. 154-157.
  2. Verma A. K., Bhunia P., Dash R. R. Reclamation of wastewater using composite coagulants: A sustainable solution to the textile industries // Chemical Engineering Transactions. – AIDIC, 2014. – С. 175-180.
  3. Ismail I. M. et al. Combined coagulation flocculation pre-treatment unit for municipal wastewater // Journal of Advanced Research. – 2012. – Т. 3. – №. 4. – С. 331-336.
  4. Joaquin A. A., Sivamani S., Gnanasundaram N. Statistical experimental design and analysis of mixed natural-synthetic coagulants for the reduction of total suspended solids and turbidity in sewage wastewater treatment // Biomass Conversion and Biorefinery. – 2024. – Т. 14. – №. 4. – С. 4583-4590.