TEBINBULAK KONINING MINERALLASHUVI VA UNING TEMIR XOMASHYO BAZASIDAGI IQTISODIY AHAMIYATI
Urunov B. N., Shadiyev M. I., Yusupov U. X., Ubaydullaeva A. A. & A’zamov I. A.
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida joylashgan Tebinbulak konining geologik-strukturaviy xususiyatlari, magmatik jinslarning tarkibi va kimyoviy tahlili, shuningdek, konning minerallashuv zonalari va ularning iqtisodiy ahamiyati o‘rganilgan. Tebinbulak konining asosiy magmatik jinslari peridotit, piroksenit, gabbro va sienit-diorit bo‘lib, ular o‘zaro bog‘langan vulkanogen va terrigen cho‘kindi qatlamlarini yorib o‘tuvchi intruziv kompleksni tashkil qiladi. Minerallashuv asosan gabbro va sienit kontakt zonalarida rivojlangan bo‘lib, skarn jarayonlari temir xomashyosi resurslarini boyitishda muhim rol o‘ynaydi. Konning ellips shakldagi tuzilishi va intruziv jinslarning geokimyoviy tarkibi respublika temir sanoatining ehtiyojlarini qondirishda strategik ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan.
Adabiyotlar
- Висьневский Я.С. Петрография основных и ультраосновных пород Султануиздага. Ташкент, Изд-во Уз.Фан АН СССР, 1940.
- Исламов Б.Ф., Рустамов А.И., Цой В.Д., Сайитов С.С. Перспективы скандиеносности титаномагнетитового месторождения Тебинбулак // Вестник геонаук. - 2021. - № 3. - С. 21-26.
- Каталог интрузивных массивов Узбекистана. (отв. ред. И.Х. Хамрабаев). - Часть II. Ташкент, ФАН, 1975. С.157-162.
- Наследов Б.Н. Металлогения Западного Тянь-Шаня и Узбекистана. - М.: Госгеолтехиздат, 1968.
- Смирнов В.И., Гинзбург А.И., Григорьев В.М., Яковлев Г.Ф. Курс рудных месторождений (учебник). М., Недра, 1986.
- Рудные месторождения Узбекистана-Ташкент: ГИДРОИНГЕО, 2001-611с.