GEPATIT B VIRUSINING TABIIY VOSITALAR BILAN KURASHI: “АСИХОН” OZIQ-OVQAT QO‘SHIMCHASINING KIMYOVIY TARKIBI VA KLINIK SAMARASINI TAHLIL QILISH

Mexmonxonov M. M.


Annotatsiya

Ushbu maqolada Phlomoides nuda va Scutellaria comosa o‘simliklari asosida ishlab chiqilgan “Асихон” tabiiy oziq-ovqat qo‘shimchasining gepatit B virusiga qarshi antiviral va immunomodulyator faolligi o‘rganildi. Kimyoviy tahlillar natijasida qo‘shimcha tarkibida kuchli flavonoid birikmalar, jumladan Apigenin, Chrysin, Baicalein va pinitol mavjudligi aniqlanib, ularning virusning ko‘payishini to‘xtatishda va jigar hujayralarini toksik ta’sirlardan himoya qilishda muhim roli tasdiqlandi. Klinik sinovlarda “Асихон” qo‘shimchasi gepatit B virusining replikatsiyasini sezilarli darajada kamaytirib, jigar fermentlari darajasini normallashtirish va bemorlarning immun javobini kuchaytirishda samarali ekanligi ko‘rsatildi. Sintetik antiviral dorilarga nisbatan nojo‘ya ta’sirlari kamroq bo‘lib, uzoq muddatli xavfsizlik va samaradorlikni ta’minlaydi. Ushbu oziq-ovqat qo‘shimchasi virusli gepatit kasalligini davolash va oldini olishda yangi tabiiy va xavfsiz vosita sifatida ahamiyat kasb etadi.


Adabiyotlar

  1. D.R. Khaydarova, I.R. Askarov, Sh.V. Abdullaev, M.M. Muminjanov. Preparation and classification of food compounds used in folk medicine on the basis of kokamaron plant. ФарДУ илмий хабарлар, №6, 2021, 40-42 б.
  2. Хайдарова Д.Р., Абдуллаев Ш.В., Муминжанов М.М., Абдуллаев М.Н. Кўкамарон ўсимлигининг кимёвий таркиби ва халқ табобатидаги ўрни. Халқ табобати плюс, 2022, №(10), 44-46 б.