KON HUDUDLARIDA YIG‘ILGAN TEXNOGEN SUVLARNI OHAK BILAN QAYTA ISHLASH
Djabbarova B. I.
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda kon ishlarini olib borish jarayonida hosil bo‘ladigan texnogen suvlarning kimyoviy tarkibi va fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘rganildi. Suv namunalarining kation va anion tarkibi atom-absorbsion spektroskopiya usulida tahlil qilinib, Ca²⁺, Mg²⁺, Na⁺ kabi ionlarning yuqori konsentratsiyada mavjudligi aniqlangan. Natijalar suvlarning umumiy qattiqligi 58–63 mg/l oralig‘ida ekanini ko‘rsatib, ularni “juda qattiq suv” sifatida tasniflash imkonini berdi. pH qiymati 6,45–6,91 diapazonida bo‘lib, suvlarning kuchsiz kislotali muhitga ega ekani ma’lum qilindi. Suvlarni tozalash texnologiyasini tanlashda tuzlarning eruvchanligi, eruvchanlik ko‘paytmasi (Ksp), potensial–pH diagrammalari va termodinamik tahlillar asos qilib olindi. Ohak yordamida ishlov berish natijasida og‘ir metall ionlari samarali cho‘ktirildi, suvning qattiqligi va umumiy tarkibi sanoat standartlariga moslashtirildi. Tadqiqot natijalari texnogen suvlarni ekologik xavfsiz holatga keltirish, ularni texnik jarayonlarda, jumladan flotatsiya va gidrometallurgik ishlov berishda foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatdi.
Adabiyotlar
- Самадов А.У., Каримов М.М., Джаббарова Б.И., Усманов Ш.А. Разработка технологии повторного использования воды из техногенного водоёма АО «АГМК» // Горный вестник Узбекистана. – Навои, 2024. – №99. – С. 84–87.
- Samadov A.U., Khojiev Sh.T., Djabbarova B.I. Investigation into the composition and physicochemical properties of technogenic waters accumulated in mining sites // Universum: технические науки: электрон. научн. журн. – 2025. – № 4(133). – Ч. 9. – С. 57–60.
- Khojiev Sh.T., Djabbarova B.I. Thermodynamic Analysis of Heavy Metal Removal from Technogenic Waters of the “Ko‘ksuv” Basin Using Calcium Hydroxide // International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS). – 2025. – Vol. 9. – № 9. – P. 245–250.
- Samadov A.U., Khojiev Sh.T., Djabbarova B.I. Optimization of Lime Neutralization Processes for Heavy Metal Removal from Mining Wastewater: A Thermodynamic Approach // International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS). – 2025. – Vol. 9. – № 9. – P. 251–257.
- Hojiyev Sh.T., Djabbarova B.I. Texnogen suvlarni ohak yordamida tozalash jarayonining termodinamik asoslari // Proceedings of the International Conference on Integrated Innovative Development of Zarafshan Region: Achievements, Challenges and Prospects. – Navoi, 2025. – P. 325–327.
- Djabbarova B.I. Kon hududlarida yig‘ilgan texnogen suvlarni ohak bilan qayta ishlash // Proceedings of the International Conference on Integrated Innovative Development of Zarafshan Region: Achievements, Challenges and Prospects. – Navoi, 2025. – P. 226–228.