MEXANIK FAOLLASHTIRISHNING GLINOZYOM AJRATIB OLISHGA TA’SIRI

Ro‘ziyev U. M. & Boymurodov N. A.


Annotatsiya

Ushbu maqolada alyuminiy ishlab chiqarishning kriolit-glinozyomli elektroliz jarayonida asosiy xomashyo bo‘lgan glinozyomning eritilish tezligini oshirish maqsadida mexanik faollashtirish usuli qo‘llanilgan. Tadqiqot jarayonida 10 g glinozyom namunasi M-3 turdagi planetar tegirmonda quruq sharoitda, havo muhitida 50g markazdan qochma kuch ta’sirida qayta ishlovdan o‘tkazildi. Natijalar glinozyomning hatto qisqa muddatli (5–10 soniya) mexanik faollashtirilishi uning reaksion faolligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Eng mayda (<10 mkm) zarrachalar miqdori 1,7% dan 65,1% gacha ortdi, ularning morfologiyasi esa burchakli shakldan oval va g‘ovak shaklga o‘zgardi. 950–980°C harorat oralig‘ida ftoridli elektrolitda o‘tkazilgan eritish tajribalari mexanik faollashtirilgan glinozyomning to‘liq erish vaqti ikki barobardan ko‘proq qisqarishini aniqladi. Bu esa alyuminiy ishlab chiqarish jarayonining energiya samaradorligini oshirishda mexanik faollashtirish usulining amaliy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.


Adabiyotlar

  1. Metson, J. (2011). Production of alumina. In Fundamentals of aluminium metallurgy (pp. 23-48). Woodhead Publishing.
  2. Abdisamievich, S. A., Mamarasulovich, R. U., & Azamatugli, K. O. (2025). DEVELOPMENT OF TECHNOLOGY FOR OBTAINING ALUMINA FROM LOCAL RAW MATERIALS. Sanoatda raqamli texnologiyalar/Цифровые технологии в промышленности, 3(2), 105-111.
  3. Abdisamiyevich, S. A., Xudaynazar o‘g‘li, E. U., Mamarasulovich, R. U., & Ilyosjon o‘g‘li, X. I. (2025). ROASTING OF ALUMINA-CONTAINING MATERIAL IN A ROTARY KILN. GREAT BRITAIN-SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(1), 22-28.
  4. Abdisamiyevich, S. A., Mamarasulovich, R. Z. U. B., & Rasul o‘g‘li, X. S. (2025). RUDADAN GLINOZYOMNI AJRATIB OLISH. INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS, 3(34), 4-7.
  5. Gylver, S. E., Kvande, H., & Solheim, A. (2022). The formation and disintegration of rafts from different secondary aluminas in a lab cell. Metals, 12(8), 1350.
  6. Bojarevics, V., & Dupuis, M. (2022). Advanced alumina dissolution modelling. University of Greenwich Technical Report, London.
  7. Gylver, S. E., Kvande, H., & Solheim, A. (2023). Modeling alumina feeding with the μ(I)-rheology. Metallurgical and Materials Transactions B, 54(2), 485–497.
  8. Reynes, J.-F., & Friščić, T. (2024). Mechanochemistry for organic and inorganic synthesis: Principles and perspectives. ACS Organic & Inorganic Au, 4(3), 125–143.
  9. Arfelis, S., Bouvart, N., & Lamaty, F. (2024). Linking mechanochemistry with the green chemistry principles. Green Chemistry, 26(5), 2098–2112.
  10. De Bellis, J., Perez, V., & Costa, D. (2022). Surface and bulk chemistry of mechanochemically treated oxides: The alumina–water system. Journal of the American Chemical Society, 144(12), 5289–5301.
  11. d’Azevedo, C. A., Marques, L. F., & Ferreira, P. M. (2022). Preparation of α-cordierite through mechanochemical activation: Effect on solid-state synthesis. Ceramics International, 48(14), 20012–20020.*