NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODLARIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLANILISHI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI (BUXORO NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI MISOLIDA)
Sharipov Q. Q., Shabonov M. B. & Mavlonov S. B.
Annotatsiya
Mazkur maqolada Buxoro neftni qayta ishlash zavodi misolida sun’iy intellekt texnologiyalarining ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etilishi va ularning samaradorlikka ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqotda sun’iy neyron tarmog‘i asosida 10 % kerosin namunasi bug‘lanish haroratini modellashtirish uchun neyron model ishlab chiqildi. Model parametrlarini optimallashtirishda genetik algoritmdan foydalanildi. O‘qitish jarayonida model xatolik qiymati 0,01 dan past darajagacha kamaydi, test bosqichida esa laboratoriya natijalariga nisbatan o‘rtacha og‘ish ±2–3 °C ni tashkil etdi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, kerosin tortib olish miqdori, bug‘ sarfi va kolonna yuqori harorati modelning eng muhim kirish parametrlaridir. Sun’iy intellekt texnologiyalarini neftni qayta ishlash jarayonlariga joriy etish natijasida energiya sarfini 10–15 % gacha kamaytirish, jarayon barqarorligini oshirish, inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini 8–12 % ga oshirish imkoniyati mavjud. Olingan natijalar Buxoro NQIZda raqamli transformatsiyani amalga oshirish hamda energetik va ekologik samaradorlikni oshirish uchun amaliy asos yaratadi.
Adabiyotlar
- Smith K. A., Gupta J. N. D., Neural networks in business: techniques and applications for the operations researcher, Computers & Operations Research 27, 2000, 1023-1044.
- Yin-ju B., Application of genetic BP network to discriminating earthquakes and explosions, Acta Seismologica Sinica, 2002, 540-549.
- Dokur Z., Segmentation of MR and CT Images Using a Hybrid Neural Network Trained by Genetic Algorithm, Neural Processing Letters 16, 2002, 211-225.
- Henderson C. E., Potter W. D., Predicting Aflatoxin Contamination in Peanuts:A Genetic Algorithm/Neural Network Approach, Applied Intelligence 12, 2000, 183-192.
- Brambilla A., Distillation control and optimization, McGraw-Hill Education, 2014, 309-319.
- Kaes G. L., Some Practical Aspects Of Modeling Crude Oil Distillation, VMGSimUser'sManual, 2012, 1-18.
- Kriesel D., A Brief introduction to Neural Networks, www.dkriesel.com, 2007, 15-37.
- Stastny J., Skorpil V., Genetic Algorithm and Neural Network, Proceedings of the 7th WSEAS International Conference on Applied Informatics and Communications, Athens, 2007, 345-349.