IQLIM O‘ZGARISHINING CHIRCHIQ DARYOSI HAVZASIDAGI METEOROLOGIK TENDENSIYALARGA TA’SIRI (2008–2024 YILLAR TAHLILI)
Babajanov F. ., Xasanova K. ., Ruziyev D. . & Sadikov A. .
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda Chirchiq daryosi havzasida 2008–2024 yillar oralig‘ida kuzatilgan asosiy meteorologik ko‘rsatkichlarning uzoq muddatli tendensiyalari tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi iqlim o‘zgarishining havzaning meteorologik va gidrologik sharoitlariga ta’sirini aniqlashdan iboratdir. Toshkent, Chorvoq va Chinoz meteorologik stansiyalarining 17 yillik ma’lumotlari asosida havo harorati, yer sirt harorati, yog‘in va shamol tezligi ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Natijalar Chirchiq havzasida aniq isish jarayoni kechayotganini ko‘rsatdi. Toshkent va Chinoz stansiyalarida o‘rtacha yillik harorat 2008–2024 yillarda taxminan 1 °C ga ortgan (0,5–1,0 °C/10 yil), Chorvoqda esa o‘sish nisbatan past (0,3–0,5 °C/10 yil). MODIS ma’lumotlari asosida yer sirt harorati ham ortib, ayniqsa urbanizatsiyalashgan hududlarda “shahar issiqlik oroli” effekti kuchaygani aniqlandi. Yog‘in miqdori yildan-yilga o‘zgaruvchan bo‘lib, 2018–2019 yillar tog‘larda, 2020 yil esa tekislikda yuqori namlik qayd etildi. 2021 yil esa qurg‘oqchilik yili bo‘ldi. Shamol tezligida esa aniq trend kuzatilmadi. Umuman, Chirchiq havzasi iqlimi isib bormoqda, yog‘in esa beqaror. Bu holat suv resurslari, gidroenergetika va sug‘orish tizimlarini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar
- Hou, M., Cuo, L., & Xu, H. (2025). Hydrological response to twenty-first century climate change in the Amu Darya Basin, Central Asia. Journal of Hydrology: Regional Studies, 54, 102606. https://doi.org/10.1016/j.ejrh.2025.102606
- Ososkova, T. & Gorelkin, N. & Chub, Vera. (2000). Water Resources of Central Asia and Adaptation Measures for Climate Change. Environmental Monitoring and Assessment. 61. 161-166. 10.1023/A:1006394808699.
- Peng, Shouzhang, Chengcheng Gang, Yang Cao, and Yunming Chen. "Assessment of Climate Change Trends over the Loess Plateau in China from 1901 to 2100," 2017. https://doi.org/10.1002/joc.5331.
- Sommer, R., M. Glazirina, T. Yuldashev, A. Otarov, M. Ibraeva, L. Martynova, M. Bekenov, et al. "Impact of Climate Change on Wheat Productivity in Central Asia." Agriculture, Ecosystems and Environment 178 (September 15, 2013): 78–99. https://doi.org/10.1016/j.agee.2013.06.011.
- Brouder, Sylvie M., and Jeffrey J. Volenec. “Impact of Climate Change on Crop Nutrient and Water Use Efficiencies.” Physiologia Plantarum 133, no. 4 (2008): 705– 24. https://doi.org/10.1111/j.1399-3054.2008.01136.x.
- Hanasaki, N, S Fujimori, T Yamamoto, S Yoshikawa, Y Masaki, Y Hijioka, M Kainuma, et al. “A Global Water Scarcity Assessment under Shared Socio-Economic Pathways-Part 2: Water Availability and Scarcity.” Hydrol. Earth Syst. Sci 17 (2013): 2393–2413. https://doi.org/10.5194/hess-17-2393-2013.
- Khamidov, S., Li, Z., Nasirova, M., Pulatov, B., & Pulatov, A. (2023). Assessment of temperature and precipitation trends in Kashkadarya, Uzbekistan. E3S Web of Conferences, 365, 01005. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336501005
- Faye, Babacar, Heidi Webber, Jesse B. Naab, Dilys S. MacCarthy, Myriam Adam, Frank Ewert, John P.A. Lamers, et al. "Impacts of 1.5 versus 2.0 °c on Cereal Yields in the West African Sudan Savanna." Environmental Research Letters 13, no. 3 (March 1, 2018): 034014. https://doi.org/10.1088/1748-9326/aaab40.
- Zhao, Chuang, Bing Liu, Shilong Piao, Xuhui Wang, David B. Lobell, Yao Huang, Mengtian Huang, et al. "Temperature Increase Reduces Global Yields of Major Crops in Four Independent Estimates." Proceedings of the National Academy of Sciences of the United States of America 114, no. 35 (2017): 9326–31. https://doi.org/10.1073/pnas.1701762114.
- Wu, Tongwen, Yixiong Lu, Yongjie Fang, Xiaoge Xin, Laurent Li, Weiping Li, Weihua Jie, et al. "The Beijing Climate Center Climate System Model (BCC-CSM): The Main Progress from CMIP5 to CMIP6." Geoscientific Model Development 12, no. 4 (2019): 1573–1600. https://doi.org/10.5194/gmd-12-1573-2019.