REAKTIV QUVVATNI BOSHQARISHDA MATEMATIK MODELLASHTIRISH ASOSLARI

Raxmonov I. U., Atajiyev S. M. & Nematov L. A.


Annotatsiya

Mazkur maqolada elektr energiya tizimlarida reaktiv quvvatning ahamiyati va uni boshqarishdagi matematik modellashtirish yondashuvlari tahlil qilingan. Tadqiqotda reaktiv quvvatning ortiqcha miqdori elektr tarmoqlarida kuchlanish pasayishi, qo‘shimcha yo‘qotishlar va quvvat koeffitsientining pasayishiga olib kelishi aniq ko‘rsatib berilgan. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun kompensatsiya usullari, jumladan kondensator bankalari, sinxron kompensatorlar hamda zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan foydalanishning afzalliklari asoslab berilgan. Maqolada MATLAB/Simulink muhiti asosida qurilgan model yordamida reaktiv quvvatning hisoblanishi, apparеnt, aktiv va reaktiv quvvatlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar, quvvat koeffitsientining o‘zgarishi va kompensatsiya jarayonining samaradorligi bosqichma-bosqich izohlangan. Simulyatsiya natijalari asosida kondensator sig‘imini tanlash, reaktiv quvvatni kamaytirish, yo‘qotishlarni qisqartirish va quvvat koeffitsientini me’yoriy qiymatga yaqinlashtirish mexanizmlari ko‘rsatib berilgan. Olingan natijalar elektr tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish, energiya isroflarini kamaytirish va tarmoqning barqaror ishlashini ta’minlashda matematik modellashtirishning amaliy ahamiyatini tasdiqlaydi.


Adabiyotlar

  1. Усманов, Э. Г. (2023). Компенсация реактивной мощности. Учебное пособие. Ташкент, 290 с.
  2. Понятовский, В. В. (2009). Коэффитсиент мошности и фактори, влияюшие на его значение в энергосистемах промишленных предприятий и портов. Москва: Траслит, 54 с.
  3. Кудрин, Б. И. (2001). История компенсaции реактивной мошности. Электрика, (6), 26–29.
  4. Жежеленко, И. В., & Сайкено, Ю. Л. (2007). Реактивная мошност в задачах электроэнергетики. Москва: Электричества, 213 с.