KUNGABOQAR QOBIG‘INING TERMIK PARCHALANISH JARAYONLARINI O‘RGANISH VA ULARNING TERMIK HAMDA SPEKTRAL TAHLILI
Maratov N. K., Abdikamalova A. B., Muratov M. M., Kalbaev A. M. & Zaripbayev K. S.
Annotatsiya
Ushbu maqolada kungaboqar qobig‘ining termik parchalanish jarayoni va undan faol uglerodli materiallar olish imkoniyatlari o‘rganildi. Xom ashyo dastlab 400–900 °C oralig‘ida turli haroratlarda piroliz yo‘li bilan termik ishlovdan o‘tkazildi, so‘ngra KOH eritmasi yordamida kimyoviy faollashtirish amalga oshirildi. Termogravimetrik (TGA/DTA) va infraqizil (FTIR) tahlillar asosida namunalar tarkibidagi o‘zgarishlar, sirt funksional guruhlarining shakllanishi hamda termik barqarorlik darajasi aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kungaboqar qobig‘i biomassa sifatida yuqori uglerodli qoldiq beruvchi istiqbolli xom ashyo hisoblanadi. KOH konsentratsiyasining ortishi bilan sirt funksional guruhlar sonining ko‘payishi va materialning adsorbsion xususiyatlarining yaxshilanishi qayd etildi. Tadqiqot natijalari suvni tozalash, gaz adsorbsiyasi va energiya saqlash tizimlari uchun ekologik toza faol uglerod materiallari ishlab chiqish imkoniyatlarini ochib beradi.
Adabiyotlar
- Apaydın Varol, E., & Varol, H. A. (2023). TGA-FTIR Analysis of Biomass Samples Based on the Main Components: Olive Pomace, Sunflower Waste, Pinecone. Energies.
- Mishra, A., et al. (2023). A comparative study on pyrolysis kinetics of little millet and sunflower stem biomass.
- Islamova, S., et al. (2023). A Comprehensive Study on the Combustion of Sunflower Residues. MDPI – Agriculture. Kluska, J., et al. (2024). Characterization of Sunflower Waste Carbonization. Sustainability, 16(24).
- The Role of Volatile Components in the Process of Thermal Destruction and Ignition of the Sunflower Husk Biomass. (2022). INMATEH – Agricultural Engineering.