SHARQ MUMTOZ ADABIYOTIDAGI AYOL OBRAZLARI ASOSIDA MA’NAVIY TARBIYA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Nurullayeva G. E.
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda Sharq mumtoz adabiyotida ayol obrazining badiiy va ma’naviy talqini, u orqali insonparvarlik, mehr-shafqat, sadoqat, vafodorlik va axloqiy fazilatlarni tarbiyalash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor Abdurahmon Jomiy, Nizomiy Ganjaviy, Fuzuliy va Nodira ijodidagi ayol timsollarining tarbiyaviy hamda pedagogik mohiyatini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda mumtoz asarlarda ayolning shaxs sifatidagi yuksak fazilatlari, ruhiy go‘zallik, sabr, sadoqat, aql-zakovat, mehr va vijdon timsoli sifatida ifodalanishi zamonaviy ma’naviy tarbiya tizimida qo‘llashning metodik imkoniyatlari yoritiladi.
Adabiyotlar
- Jomiy A. Yusuf va Zulayho. – Toshkent: Fan, 1990.
- Nizomiy Ganjaviy. Xusrav va Shirin. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1981.
- Fuzuliy M. Layli va Majnun. – Toshkent: Yozuvchi, 1987.
- Nodira. Devon. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1972.
- Alisher Navoiy. Xamsa. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1983.
- Karimov M. Tasavvuf va badiiyat. – Toshkent: Fan, 2006.
- Qosimov B. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004.
- Rasulov Sh. Mumtoz adabiyotda axloqiy-estetik tamoyillar. – Buxoro: BDU nashriyoti, 2015.
- G‘anieva D. Navoiy asarlarida ayol obrazining pedagogik talqini. – Toshkent: Fan, 2018.
- To‘raqulova M. Ayollar tarbiyasida estetik qadriyatlar. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021.
- Qodirova N. Ayol siymosi va ma’naviy qadriyatlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2020.