MARKAZIY QIZILQUM FOSFORITIDAN CHIQINDISIZ TEXNOLOGIYA ORQALI FOSFORLI O‘G‘IT OLISH

Shermatov A. H. & Sherquziyev D. S.


Annotatsiya

Ushbu ishda Markaziy Qizilqum fosforitini mahalliy sanoat ikkilamchi sulfat kislotasi bilan qayta ishlash asosida fosforli o‘g‘it ishlab chiqarish usuli va mahsulotning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish bo’yicha tadqiqot ishlari olib borilgan. Ion almashinuv smolasi ishlab chiqarishda foydalanilgan ikkilamchi 41% tarkibli chiqindi sulfat kislota filtrlash orqali tozalandi va fosforitni parchalaydigan reagent sifatida ishlatildi. Sulfat kislota me’yorini 50-110 gacha bo’lgan oraliqda fosforitlarni parchalash jarayonlari o’rganildi. Kislota miqdorini oshirish maqsadida ayrim tajribalarda qo‘shimcha ravishda sul’fat kislotaga 73% termik fosfor kislotasi (TFK) 0,3 nisbatda yoki 21% ekstraksion fosfor kislotasi (EFK) 0,75 nisbatda qo‘shildi. Tadqiqot natijalari chiqindi kislotani samarali ishlatish orqali chiqindisiz texnologiya tamoyillarini hayotga tatbiq etish imkoni mavjudligini ko‘rsatdi. Olingan fosforli o‘g‘it tarkibida suvda eruvchan fosfatlar ulushi ortib, agronomik qiymati yuqori ekani aniqlandi. Shu bilan birga, odatiy ishlab chiqarishdagi fosfogips chiqindisi hosil bo‘lmagani tufayli mazkur usulning ekologik afzalliklari qayd etildi.


Adabiyotlar

  1. International Plant Nutrition Institute (IPNI). Single Superphosphate. Nutrient Source Specifics No.21, IPNI, Norcross, GA, 2013. (Mosaic Crop Nutrition ma’lumotnomasi)
  2. Plotegher F., Ribeiro S. Characterization of single superphosphate powders – a study of milling effects on solubilization kinetics. Materials Research. 2016; 19(1): 98–105.
  3. Otaboev, K.A., Sherkuziev, D.S., Badalova, O.A. et al. Mineralogical Composition of Kyzylkum Washed Dry Concentrate and Its Processing into Simple Superphosphate. Russ J Gen Chem 92, 505–517 (2022). https://doi.org/10.1134/S1070363222030203.
  4. D Sherkuziev 2021 IOP Conf. Ser.: Earth Environ. Sci. 939 012057
  5. DOI 10.1088/1755-1315/939/1/012057.
  6. Shermatov A.H., Sherquziyev D.Sh. Sanoat chiqindisi tarkibidagi mikro va makro elementlarni aniqlash va ularni qo‘llanish sohalarini o‘rganish. // “Oziq-ovqat va kimyo sanoatida innovasion texnologiyalarni joriy qilish” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. 2023-yil 2–3-iyun. – B. 77–80.
  7. Chojnacki A., Matynia A., Górecki H. Utilization of waste sulfuric acid in the production of mineral and mineral-organic fertilizers. Przemysł Chemiczny. 2003; 82: 881–884.
  8. Friesen D.K., Sale P.W.G., Blair G.J. Long-term greenhouse evaluation of partially acidulated phosphate rock fertilizers: II. Effect of acidulant and degree of acidulation on phosphorus availability. Fertilizer Research. 1987; 13(1): 31–44.
  9. International Fertilizer Association (IFA). Phosphogypsum: From Waste to Inventory. IFA Report, 2025. (IFDC/UNECE ma’lumotlari)