TASVIRIY ILLYUSTRATIV MISOLLARNING BERILISHIDA BA’ZI MUAMMOLAR
Baxtiyarova, F. .
Annotatsiya
Mazkur maqolada izohli lug‘atda berilgan astronomiyaga oid terminlarga tasviriy misollarning berilishi masalasi va bu bilan bog‘liq muammolar leksikografik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Ma’lumki, izohli lug‘atlarda qo‘shimcha tushuntirishlar va illyustratsiyalarning berilishi foydalanuvchilar atamalarni tasavvur qilishi va yaxshiroq tushunishiga yordam beradigan qo‘shimcha manba hisoblanadi. Bu astronomiya tushunchalarini tasvirlashga yordam beradigan diagrammalar va fotosuratlar shaklida bo‘lishi mumkin. Maqolada bu kabi tasviriy misollarning berilishida kuzatiladigan muammolar tahlilga tortilib, amaliy tavsiyalar taklif qilingan.
Adabiyotlar
- O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildli. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 1-jild. – 680 b. – B. 91.
- O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildli. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 1-jild. – 680 b. – B.111.
- Landau S.I. The art and craft of lexicography. – N. Y., 1996. – 370 p.
- Zgusta L. Ornamental pictures in Dictionaries // Lexicographers and their works. Exeter: Exeter Univ. Pres, 1989. – P. 215-223.
- Zgusta L. Ornamental pictures in Dictionaries // Lexicographers and their works. Exeter: Exeter Univ. Pres, 1989. – P. 216.
- Baxtiyarova F. O‘zbek tilining izohli lug‘atida astronomiyaga oid terminlar izohini mukammallashtirish zarurati//Chet til ta’limida zamonaviy yondashuv tamoyillari va ilmiy-amaliy tarjima. Respublika ilmiy-amaliy anjumani. –Toshkent, 2023. – B. 155-164.
- Baxtiyarova F. O‘zbek tilining izohli lug‘atida berilgan astronomiyaga oid terminlarning leksikografik tadqiqi//Necmettin Erbakan Üniversitesi Yayınları: Necmettin Erbakan University Meram/KONYA/TÜRKİYE, 2023. – No: 11.