OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALAR MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH ('MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI' YO‘NALISHI MISOLIDA)

Abduqahhorova M. A.


Annotatsiya

Ushbu maqolada talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish maqsad va vazifalari, ularning o‘quv ishlarini mustaqil bajarishda zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanishi hamda rivojlanish metodikasi yoritilgan. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar mustaqil ishlarini samarali tashkil etish masalalari keng tahlil qilingan. Xususan, “Muqobil energiya manbalari” yo‘nalishida mustaqil ishlarni takomillashtirish bo‘yicha metodik yondashuvlar ilmiy asoslangan holda ko‘rib chiqilgan. Loyiha usuli, keys-stadi, virtual laboratoriyalar, elektron ta’lim platformalari va amaliy tadqiqot asosida mustaqil topshiriqlarni tashkil etish imkoniyatlari yoritib berilgan. Taklif etilgan metodika oliy ta’lim jarayonida talabalarning mustaqil izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish hamda amaliy loyihalash kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.


Adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PQ–5847-son qarori – “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”.
  2. Hasanov A., Abduqahhorova M. “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” – Toshkent: Fan va texnologiya, 2022.
  3. Khaitov R., “Talabalarning mustaqil ishlari va ularni baholash tizimi”, Oliy ta’lim jurnali, 2021.
  4. UNESCO (2020). “Digital Learning and Higher Education Transformation”.
  5. Pashchenko A.A., “Project-based learning in engineering education”, Higher Education Journal, 2019.