INSON TANASI VA USTKI KIYIM ORALIG‘IDA SHAKLLANADIGAN MIKROIQLIMNI BOSHQARISHNING ILMIY-TEXNOLOGIK ASOSLARI
Yusupov D. S. & To‘laboyeva S. S.
Annotatsiya
Mazkur maqolada inson tanasi va ustki kiyim orasida shakllanadigan mikroiqlim jarayonlari ilmiy asosda o‘rganildi. Tadqiqot doirasida kiyim ichki muhitidagi harorat, nisbiy namlik va havo almashinuvi muallif tomonidan ishlab chiqilgan maxsus sensorli o‘lchov qurilmasi yordamida real vaqt rejimida qayd etildi. Tajriba natijalari mikroventilyatsiya elementlariga ega bo‘lgan ustki kiyim konstruksiyalari kiyim ichida barqaror termofiziologik sharoit yaratishini hamda inson organizmi uchun qulaylik darajasini sezilarli oshirishini ko‘rsatdi. Olingan natijalar GOST va ISO standartlari talablariga muvofiq tahlil qilindi.
Adabiyotlar
- Ashdown S.P. Sizing in Clothing. Woodhead Publishing, 2020.
- Havenith G. Clothing and Thermoregulation. Elsevier, 2009.
- Parsons K. Human Thermal Environments. CRC Press, 2014.
- GOST 12.1.005–88 — Ishchi zona havosi uchun sanitariya-gigiyenik talablar.
- GOST 30494–2011 — Binolarda mikroiqlim parametrlari.