DIAXRON KORPUSNING BIZNES-JARAYONI VA MODELI
Xusainova Z. Y. & Yangibayeva S. G.
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek tilida yaratilayotgan diaxron korpusning nazariy-metodik asoslari, biznes-jarayoni, texnik modeli hamda korpusni shakllantirishning bosqichlari 1991–2021-yillarda chop etilgan o‘zbek badiiy asarlari misolida yoritiladi. Tadqiqotda korpus qurish jarayoni nafaqat lingvistik bosqichlar majmuasi, balki BPMN (Business Process Model and Notation) standartiga tayangan holda shakllantirilgan biznes-jarayon sifatida talqin etiladi. Tadqiqot natijasida diaxron korpus uchun BPMN asosida ishlab chiqilgan biznes-jarayon modeli taklif etildi va korpusning texnologik arxitekturasi batafsil yoritildi. Olingan natijalar diaxron korpusning ilmiy-tadqiqot ishlari, tarixiy til qatlamlarini o‘rganish va kompyuter lingvistikasi uchun amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- Elov B.B., Yuldashev A.U., Yodgorov U.S. Til korpusi turlari va umumiy xususiyatlari. Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi. 2024. 118 –124.
- Kilgarriff A. Language is never, ever, ever random. Corpus Linguistics 2005. 263-275.
- Dumas M., La Rosa M., Mendling J. and Reijers H. Fundamentals of Business Process Management. Springer. 2013. 45-48.
- Reijers H.A. Workflow Management: Modeling Concepts, Architecture and Implementation. MIT Press. 2003.
- McEnery T. and Hardie A. Corpus Linguistics: Method, Theory and Practice. Cambridge University Press. 2012. 193-194.
- Elov B.B., Yuldashev A.U., Yodgorov U.S. Lingvistik korpuslar tipologiyasi va ularga qo‘yilgan talablar. Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi. 2024. 128–129.
- Biber D. Representativeness in Corpus Design. Literary and Linguistic Computing, 1993. 8(4), 243–257.
- Gries S. Quantitative Corpus Linguistics with R. Routledge. 2009.
- Xusainova Z., Yangibayeva S. Diaxron korpusning ER-modelini yaratish. Oʻzbekiston: til va madaniyat. Kompyuter lingvistikasi. 2025.