FE–TE INTEGRATSIYASI UCHUN KONTAKT MATERIALINI TAHLIL QILISH VA TANLASH

Kasimaxunova A. M. & Atajonov M. O.


Annotatsiya

Ushbu maqolada fotoelektr (FE) va termoelektr (TE) o‘zgartkich texnologiyalarini birlashtiruvchi gibrid tizimlar uchun optimal kontakt materiallarini tanlashga bag‘ishlangan. FE elementlar quyosh nurlarining elektr energiyaga aylantirsa, TE modullar qizigan FE sirtidan chiqayotgan issiqlik oqimini qo‘shimcha elektr manbai sifatida qayta ishlaydi. Biroq FE va TE qatlamlarning bevosita ulanishi issiqlik-kimyo diffuziyasi, kontakt qarshiligini ortishi, issiqlik oqimi cheklanishi va mexanik bosim kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Shu bois, kontakt materiallarini to‘g‘ri tanlash gibrid FE–TE tizimining barqarorligi va umumiy samaradorligini belgilovchi asosiy omildir. Tadqiqotda FE qatlamlar uchun omik kontaktlarni optimallashtirish, TE materiallar bilan o‘zaro ta’sirni kamaytirish, diffuziya barerlarini hosil qilish va interfeys issiqlik qarshiligini minimallashtirish tamoyillari asosida tahlil olib borildi. Nano-interfeys qatlamlari (h-BN, AlN, SiO₂) ning elektr izolyatsiyasi, yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligi va kimyoviy inertligi FE–TE integratsiyasi uchun eng samarali yechim ekanligi aniqlangan. Tanlangan kontakt materiallari hisobiga FE elementlarning issiqlikdan kelib chiqadigan samaradorlik yo‘qotishlari kamayadi, TE modulning chiqish quvvati ortadi va umumiy gibrid tizim samaradorligi oshadi.


Adabiyotlar

  1. Britt, J., & Ferekides, C. (1993). Thin‐film CdS/CdTe solar cell with 15.8% efficiency. Applied Physics Letters, 62(22), 2851–2852.
  2. Green, M. A., Dunlop, E. D., Hohl‐Ebinger, J., Yoshita, M., Kopidakis, N., & Hao, X. (2022). Solar cell efficiency tables (Version 62). Progress in Photovoltaics: Research and Applications, 30(1), 3–12.
  3. Harman, T.C., Walsh, M.P., LaForge, B.E., & Moore, G.P. (2005). Nanostructured thermoelectric materials. Journal of Electronic Materials, 34(9), 1612–1619.
  4. Hu, R. (2020). Hybrid photovoltaic–thermoelectric systems: A review. Energy Conversion and Management, 205, 112330.
  5. Koumoto, K., & Mori, T. (2013). Thermoelectric nanomaterials. Springer.
  6. Li, X., Sun, S., & Zhou, H. (2018). Interface passivation strategies for CdTe thin‐film photovoltaics. Solar Energy Materials & Solar Cells, 185, 420–429.
  7. Pan, Y., Li, H., & Chen, X. (2019). Thermal interface engineering for high-performance thermoelectric devices. Advanced Functional Materials, 29(14), 1900209.
  8. Rowe, D. M. (2006). Thermoelectrics handbook: Macro to nano. CRC Press.
  9. Zhang, S. B., Wei, S. H., & Zunger, A. (2000). Defects in semiconductors and their role in material performance. Physical Review Letters, 84(6), 1232–1235.
  10. M. O. Atazhonov, Qudratbek Mamarasulov, L. M. Gimaeva, and R. I. Suleimanov “Mathematical model of a photoelectric thermal electric energy converter under load”, Proc. SPIE 13662, Fourth International Conference on Digital Technologies, Optics, and Materials Science (DTIEE 2025), 136620O (5 June 2025); https://doi.org/10.1117/12.3072651.
  11. Atajonov, M.: Development of technology for the development of highly efficient combinations of solar and thermoelectric generators. AIP Conf. Proc. 3045, 020011 (2024). https://doi.org/10.1063/5.0197733.