SINXRON GENERATOR O‘Z-O‘ZIDAN CHAYQALISH JARAYONINING ENERGETIKA TIZIMIGA TA’SIRINI TADQIQ QILISH
Samadov I. A. & Kurbonov N. A.
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada biz sinxron generatorning o‘z-o‘zidan chayqalish jarayoni va uning energetika tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur tahlil qildik. Chayqalishning fizik mohiyati, generatorning elektromagnit muvozanati buzilganda yuzaga keladigan tebranishlar hamda ularning chastotasi shuningdek kuchlanish barqarorligiga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot davomida biz sinxron mashinaning mexanik va elektr parametrlaridagi o‘zgarishlar tizim barqarorligiga qanday xavf tug‘dirishi ilmiy asosda ko‘rib chiqdik. Qolaversa, turli yuklama rejimlari, tokning o‘zgarishi, energetik tizimning umumiy inertsiyasi va avtomatik boshqaruv tizimlari chayqalish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida baholadik. Olingan tahlil natijalariga ko‘ra, chayqalishlarni kamaytirish uchun stabilizatorlar, rostlagichlar va himoya tizimlarining takomillashtirilgan modeli taklif etildi. Mazkur tadqiqot ishi energetika tizimlarida ishonchlilikni oshirish va avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.
Adabiyotlar
- Rasulov, R. M. Elektr energetika tizimlarida dinamik barqarorlik. Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2018. – 124–167-betlar.
- Khodiev, A. A. Sinxron mashinalar va ularning barqarorligi. Toshkent: TTYMI nashriyoti, 2020. – 89–135-betlar.
- Abdurakhmanov, S. R. “Elektr stansiyalarida sinxron generatorlarning barqaror ishlashini ta’minlash omillari.” Energetika va Elektrtexnika Jurnali, 2021, №3. – 42–51-betlar.
- Ismoilov, O. S. Elektr mashinalari: nazariya va ekspluatatsiya. Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2017. – 210–248-betlar.
- Yusupov, H. N. “Energetika tizimlarida o‘z-o‘zidan chayqalish jarayonlarining tahlili.” Toshkent Davlat Texnika Universiteti Ilmiy Axboroti, 2019, №2. – 63–70-betlar.
- Karimov, B. M. Elektr tizimlarida boshqaruv va rostlash usullari. Qarshi: “Nasaf”, 2016. – 98–121-betlar.
- Shokirov, M. A. “Sinxron generatorlarda elektromexanik tebranishlar sabablari va ularni kamaytirish usullari.” O‘zbekiston Energetikasi Jurnali, 2022, №1. – 27–35-betlar.
- Umarov, A. T. Elektr stansiyalarida avtomatik boshqaruv tizimlari. Toshkent: “Muhandis”, 2019. – 155–182-betlar.